• O‘qituvchi nutqining aniqligi
  • Kaykovus : “Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin, so‘zlaganda ma‘noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar
  • O‘qituvchi nutqining to‘g‘riligi




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    O‘qituvchi nutqining to‘g‘riligi
    . O‘qituvchi nutqining to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy 
    fazilatlaridir. Yoki nutqning to‘g‘riligi xozirgi adabiy til qoidalariga, talablariga mosligidir. Adabiy 
    til talablari ko‘p tarmoqli bo‘lgani uchun nutqning to‘g‘riligi ham bir qancha shartlarni o‘z ichiga 
    oladi. 
    U o‘zida adabiy tilning fonetik, talaffuz, lug‘aviy so‘z yasalishi grammatik, morfologik, 
    sintaktik uslubiy talablarni mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim 
    O‘qituvchi nutqining aniqligi
    .
    O‘qituvchi nutqida murakkab jumlalar, notanish qiyin 
    atamalar bo‘lmasa, u ravshan, tushunarli, aniq bo‘ladi. Qiyin bo‘lmagan qisqa jumlalar bayon 
    etiladigan o‘quv materialini tez tushunib olishga yordam beradi. Aniqlik nutqning fazilatlaridan biri 
    sifatida mutafakkirlar tomonidan qadimdan ulug‘lanadi. 
    Kaykovus

    “Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgin, ularga 
    rioya qilgin, so‘zlaganda ma‘noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar 
    gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, 
    qushga uxshagaysan”,
    deydi.


    137 
    Nutqning aniqligi so‘zning narsa va hodisalarda aks etgan borliq belgilari bilan qat’iy 
    kelishidir.
    Aniqlik ikki xil bo‘ladi:
    1. Narsalarning aniqligi, nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nutq 
    mazmunining munosabatida ko‘rinadi.
    2. Nutqda mavjudlikning narsa va hodisalari to‘g‘ri aks etishi uchun o‘zi so‘zlayotgan 
    narsalarni yaxshi bilgan bo‘lishi lozim. 
     
    21-rasm. O‘qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari

    O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi
    . Nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi va nutqdagi 
    to‘g‘rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta’sir etish uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
    Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, o‘qituvchining og‘zaki nutq jarayoni nazarda 
    tutiladi va o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishida paydo bo‘ladigan ruhiy vaziyat e’tiborga 
    olinadi. Ya’ni notiq-o‘qituvchi o‘quvchilarni hisobga olishi, ularning bilim darajasidan tortib, 
    hatto yosh xususiyatlarigacha nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatlarigacha kuzatib turishi, 
    o‘z nutqining o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini nazorat qilishi lozim. 
    Professional bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar jo‘n, sodda tilda gapirishlari maqsadga 
    muvofiq emas, oddiy, yetarli darajada notiqlik ma’lumotiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar ham 
    ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilishlari kerak emas. Xullas, notiq o‘qituvchidan vaziyatga 
    qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo‘lgan har qanday fikrini to‘laligicha o‘quvchilarga 
    yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo‘yiladi. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish