138
“Grammatika odamlar nutqini to‘g‘rilagani kabi – u shuning uchun ham vujudga kelgandir, –
mantiq ilmi ham xato kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joyda tafakkurni to‘g‘ri yo‘ldan olib borish
uchun aqlni to‘g‘rilab turadi.
O‘qituvchi nutqining boyligi
. O‘qituvchi nutqining boyligi rang-barangligi deyilganda, unda
ishlatiladigan til vositalarining ko‘pligi
hamda takrorlanganligi, tinglovchiga ko‘rsatgan ta’siri
tushuniladi. O‘qituvchining nutqi o‘rganiladigan mavzuga bog‘liq xolda, boy va rang-barang
bo‘lishi lozim. Ko‘pgina kishilarning og‘zaki nutqida ba’zan yozma nutqida ham ayrim so‘zlar ko‘p
marta takrorlanadi.
Nutqi yo‘q so‘zlovchi o‘z fikrini tinglovchiga yetkaza olmaydi, maqsadiga erishmaydi.
Bunday o‘qituvchilar o‘z ustlarida qunt
bilan ishlamaganliklaridan, o‘zbek tilining imloviy lug‘at-
larini mukammal bilmaganliklaridan darak beradi.
Nutqning ifodaliligi.
Eng avvalo, so‘zlovchi matnga qaramay, mustaqil holatda so‘zlay
bilishi fikrni aniq, lo‘nda ifodalay olishi lozim. Takrorlar nutqning ifodaliligini susaytiradi.
Tinglovchiga noma’lum bo‘lgan, bugungi kun uchun muhim masalalar haqida fikr yuritish
nutqning ifodaliligini oshiradi. Buning uchun so‘zlovchi avvalo, o‘zi ifodalamoqchi bo‘lgan fikrga
oid
materialni yaxshi bilishi, kundalik yangiliklar bilan o‘z vaqtida tanishib borishi va uni
tushunarli shaklda ifodalay olish mahoratiga ega bo‘lishi lozim.
Tinglovchiga tushunarli bo‘lmagan, yoki o‘zi yetarli darajada bilmagan so‘zlarni ishlatmaslik
lozim. Chunki notanish so‘z nutqning boshqalarga yetib borishiga halaqit beradi, uning ifodaliligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutqdagi ortiqchalik, uslubiy g‘alizlik uning ifodaliligini, rang-barangligini,
mantiqiyligini buzadi.
O‘qituvchi nutqini o‘quvchilarga o‘rgatishdan maqsad o‘quvchi va talabalarni ta’lim-tarbiya
va shaxsni shakllantirishning muhim vositalaridan biri bo‘lgan nutqni egallashlariga yordam berish,
pedagogik muloqot madaniyati asoslari bilan tanishtirish, ularni
ovozdan foydalanish va uni
yaxshilash texnikasini egallashlariga yordam berishdir.
Bu mavzuni o‘qish natijasida talabalar nutq haqidagi bilim asoslari bilan tanishadilar,
o‘qituvchi nutqining sifatlari bilan, nutq texnikasi asoslari bilan hamda xozirgi o‘zbek
adabiy
tilining normalari bilan tanishadilar va unga amal qilishga o‘rganadilar, ifodali o‘qish madaniyatini
egallaydilar.