133
Nutqda mavzu doirasida ba’zi fikr va mulohazalarni keltirish ham maqsadga muvofiqdir.
Bunday fikrlar notiq fikrining to‘g‘riligini, haqqoniy ekanligini isbotlash uchun foydalaniladi, faqat
ulardan foydalanishni suiste’mol qilmaslik kerak.
Badiiy adabiyot namunalaridan, hikmatli so‘zlardan, tildagi ifoda-tasvir vositalaridan nutqda
o‘rni bilan foydalanish ham ijobiy natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Nutqning o‘quvchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot qoldirishida
o‘qituvchining nutqiy jarayon davomida o‘zini
qanday tuta bilishi, imo-ishoralari, hatto kiyinishi
kabi omillarning ham o‘rni bor.
Samimiylik,
xushmuomalalik, odoblilik, o‘quvchilarga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar
nutqning o‘quvchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo‘ladi.
Mukammal notiqlik san’atiga ega bo‘lish – o‘qituvchilar uchun ulkan mehnat talab qiladigan
murakkab jarayondir. Nutqning o‘tkirligi, yorqinligi va originalligi tinglovchi va o‘quvchilarda his-
tuyg‘u va qiziqish uyg‘otishi, uning e’tiborini qaratishi, aytilayotgan
narsaning mazmunini
yaxshilab yetkazish uchun zarurdir.
O‘qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo‘lishi – o‘quv materiallarining o‘quvchilar
tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash garovidir. O‘quvchilar o‘qituvchi nutqiga alohida
e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovush noto‘g‘ri aytilishi kulgiga sababchi bo‘ladi. Bir xil
ohangdagi nutq o‘quvchilarni tez charchatadi.
Nutq, aynan o‘qituvchi nutqi, jamiyat madaniy-ma‘rifiy
taraqqiyotining, shaxs ma’naviy
kamolotining muhim belgisidir.
Ayniqsa, o‘qituvchining nutq madaniyati bizning tugunmas til boyligini egallash darajamizdir.
O‘qituvchi nutqining pedagogik asoslari deganimizda bevosita o‘qitishning va tarbiyalashning
qonuniyatlariga amal qilishni nazarga tutamiz.
Pedagogikaning didaktika bo‘limi ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
U ta’lim berish nazariyasi hisoblanadi. Shu jumladan, ayrim fanlar o‘qitish
uslubiyati ham unga
tayanadi.
Ayni vaqtda umumiy didaktika ta’lim jarayonining qonun-qoidalarini ochib bergan holda
xususiy metodikalardan material oladi.
O‘qituvchining vazifasi – o‘quvchi ongiga tayyor bilimlarni “qo‘yish”dan iborat bo‘lmay, balki
ularni darsda , nutqda tilga olingan masalalar ustida fikr-mulohazalar yuritishni o‘rgatishdan iborat.
Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi. O‘ntasi to‘g‘ri, lekin
bittasi noto‘g‘ri edi.
To‘satdan zalda tartibsizlik paydo bo‘ldi. Barcha o‘quvchilari
olimni
masxara qilishdi.
Eynshteyn hamma jim bo‘lishini kutdi va shunday dedi:
To‘qqizta savolni to‘g‘ri tahlil qilgan bo‘lsam ham, hech kim meni
tabriklamadi, lekin men bitta savolni noto‘g‘ri yechganim uchun hamma
ustimdan kuldi.
Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli bo‘lsa ham, odamlar ko‘ziga uning
eng kichik xatosi ko‘rinadi va ko‘pchilik bundan “zavqlanadi”.
Hayotda hech qachon xato qilmaydigan yagona odam –
hech narsa
qilmaydigan odamdir.