128
VIII BOB. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI
8.1. Nutq haqida tushuncha
Qiyin fan yo‘q faqat, hazm etilishi
qiyin bo‘lgan izohlargina bor xolos.
Gersen
Nutq
– tilning fikr ifodalash va almashish jarayon-
larida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi
sifatidagi muayyan yashash shakli.
Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma
ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, ya’ni soʻzlash
jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki
yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan
til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi
hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy
borliq (hayot)ning eng xarakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroq til
tushunchasiga qarama-qarshi qoʻyiladi.
Boshqa odamlar xulq-atvori va faoliyatiga ta’sir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar
yetkazishga xizmat qiladigan (asl va tashqi nutq), ya’ni gapirish, til belgilarining eshitish a‘zolari
tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yordamida qayd etiladigan va qayta
takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida
yuzaga chiqadi.
Asl nutq (“tashqi nutq”) bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga
yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki
nutq asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq
tasavvurlar bilan kechadigan jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma nutq ogʻzaki nutqdan bir
qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq,
lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlari-
ning bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi.
Darhaqiqat, nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan
fikr bo‘lib ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1) ichki nutq
2) tashqi nutq
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til elmentlaridan tashkil topgan,
kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.
O‘qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real
tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – tashqi nutq bo‘lib, u ijtimoiy hodisadir.
O‘qituvchining nutqiy faoliyati: so‘zlash, mutolaa qilish va eshitishdan iborat.
Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim matn va kitob shaklida
bo‘lishi mumkin. Nutq maxsus belgilangan tartibda o‘zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi.