20-rasm. O‘z-o‘zini boshqarishning asosiy usullari.
Ammo birinchi mashg‘ulotlarda yuzaga keladigan muvaffaqiyatsizliklardan qo‘rqmaslik
kerak. Chunki bu yerda tizimli ish olib borish, psixofizik apparatni mashq qildirish zarurki, u asta-
sekinlik bilan pedagogik faoliyatingiz quroliga aylanib boradi.
Hozirgi zamon pedagogika fani o‘qituvchining pedagogik mahorat tizimida pedagogik
texnikaning roli beqiyos deb biladi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish (mimika,
pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini
egallash va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ishlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini
tushuntiradi.
124
Shunday qilib, pedagogik texnika ma’lum kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisidirki, u
o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish, tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy
yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, pedagogik texnika o‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday
kasbiy va shaxsiy malakalar
yig‘indisiki
, u o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini
tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilg‘or va novator o‘qituvchilarning texnik mahorati pedagogik faoliyat olib borishlarida
mimik va pantomimik harakatlarida, ovozini idora qila olish xususiyatlarida kuzatiladi. Bu shundan
dalolat beradiki, o‘qituvchilar pedagogik texnika san’atini mukammal egallaganlar, uning ko‘nikma
va malakalarini o‘zlarida aniq shakllantirishgan va turli pedagogik vaziyatlarda qo‘llay olish
qobiliyatlariga egadirlar.
O‘qituvchi pedagogik texnikasining muhim malakalaridan biri uning nutq texnikasidir (Nutq
tempi, diksiyasi, tovushining baland, o‘rta, past qila olishi va h.k.). O‘quv materiallarini idrok
qilishda o‘qituvchining nutqi muhim rol o‘ynaydi. Olimlarning fikricha 1/2 foiz o‘quv materialini
idrok qilish va o‘zlashtirishda o‘qituvchi nutqiga va uning so‘zlarini to‘g‘ri talaffuz qilishiga
bog‘liq.
Bolalar o‘qituvchining gapini, nutqini nihoyatda kuzatuvchanlik bilan kuzatadilar.
Mabodo o‘qituvchi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etsa, o‘quvchilar uning ustidan kulib, masxara
qilib yuradilar, lekin past tonda gapiradigan o‘qituvchining darsi esa, o‘quvchilar uchun zerikarli
bo‘ladi, nihoyatda baland gapirish, oddiy suhbat chog‘ida qichqirib so‘zlahish o‘quvchilarni
bezdiradi, charchatadi.
O‘quvchilarning bunday o‘qituvchi ta’limidan ko‘ngillari soviydi. Shuning uchun o‘qituvchi
savodli gapirishi, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon qilishi, o‘z fikr va his-
tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Chiroyli, savodli, ta’sirchan gapiruvchi, o‘qituvchilarning fikrlari o‘quvchilar ongiga tez yetib
boradi, o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olishiga katta imkoniyat yaratadi. O‘quvchilar bunday
o‘qituvchilar darslarini toqatsizlik bilan kutadilar. Shuning uchun o‘qituvchilar o‘z nutqlari ustida
tinmay ishlashlari, so‘zlarning chiroyli, ma’noli, ta’sirchan bo‘lishi ustida mashq qilishlari, ovoz
diapozonlari, kuchi, tembri, harakatchanligi, diksiyasini doimo tarbiyalab borishlari lozim.
Ovoz diapozoni deganda biz tovush hajmini tushunamiz. Uning chegarasi baland yoki past
gapirish toni bilan belgilanadi. Diapozonning qisqarishi tovushning past tonligiga olib keladi. Past
tonda so‘zlahish idrokni bo‘shashtiradi va susaytiradi.
Tembr-tovushning go‘zalligi, chiroyliligidir. O‘qituvchi tovush diapozonini, uning tembri
bilan bog‘lab ishlatsa gaplari chiroyli, mayli, jozibali chiqib, tinglovchilarni o‘ziga tortadi va
materiallar yaxshi idrok qilinadi.
O‘qituvchining ovoz diksiyasi so‘zlari aniq, to‘g‘ri, eshitarli va tushunarli bayon qilishida
namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri ovoz diksiyasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi so‘zlarni ifodali bayon qiladi.
Ifodali gapirishda til, lab, kichik tilcha, pastki jag‘ ishtirok etadi. O‘qituvchi ifodali gapirishi,
so‘zlarni talaffuz qilishi uchun yuqoridagi organlarni doimo mashq qildirishi lozim.
O‘quvchi materiallarni aniq, to‘g‘ri, tushunarli, ifodali bayon qilishda ovoz ritmi ham muhim
ahamiyat kashf etadi. Ilmiy tadqiqot ishlari shundan dalolat bermoqdaki, ruslar bir minutda 120,
inglizlar 120 dan 150 gacha, franso‘zlar 110 so‘zni talaffuz qilarkanlar. O‘rtacha, hammaga
tushunarli bo‘lishi uchun o‘qituvchi 5-6 sinflarda 60 so‘zni 10-11 sinflarda 75-80 so‘zni talaffuz
etsa talabga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi nutqini lo‘nda, aniq, puxta, chiroyli bayon etsa u
tinglovchilarga shuncha tushunarli bo‘ladi va ular qalbida uzoq saqlanadi.
125
Shunday qilib, pedagogik texnikada nutq malakalari muhim ahamiyat kashf etar ekan,
o‘qituvchi doimo gapirish tempi, ritmi, diksiyasi, ovoz kuchi, diapozoni, harakatchanligi ustida
mashq qilishi zarur.
Ta’limdagi bugungi islohotlari pedagogdan yuksak salohiyatli va yuqori malakali kadrlar
tayyorlashni talab etadi. Zamonaviy o‘qituvchi ana shu talabga javob bersa bu pedagogning o‘zini
ham, ta’lim muassasasining ham yutug‘i.
O‘qituvchi qaysi fandan dars berishidan qat’iy nazar ijodkor bo‘lishi, o‘tilayotgan har bir
mavzuga ijodiy yondashishi samarali natijani kafolatlaydi.
O‘quv jarayonida standart va nostandart testlardan foydalanish. Standart testlar mazmuni
bo‘yicha reproduktiv va produktiv darajada, tarkibi jihatidan savoli to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblardan
iborat bo‘lsa, bu testlar o‘quvchilarni o‘ylashga, fikrlashga undaydi. Bu testlar o‘z-o‘zidan ayonki,
o‘zgacha yechim topiladi, va nomi ham o‘zgacha nostandart testlar.
|