Pedagogik texnikani qanday egallash kerak




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

Pedagogik texnikani qanday egallash kerak.
 
Pedagogik texnikani egallash uchun avvalo, o‘qituvchi o‘z fanini, o‘qitadigan predmetini
pedagogika (bolashunoslik), psixologiya (ruhshunoslik) fanlarini davr taraqqiyoti darajasida bilishi, 
kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalay oladigan bo‘lishi zarur. Chunki pedagogik texnika individual 
shaxsiy xususiyatga ega.
Har bir o‘qituvchi, har bir pedagog o‘zining kasbiy yo‘nalishi, kasbiy laboroatoriyasiga ega. 
Bu yo‘nalish va laboratoriyani o‘zi mustaqil fikr yuritish, mustaqil bilim olish orqali qo‘lga kiritadi 
va mohir o‘qituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydi hamda kasbiy ideal sari harakat qiladi. 
Pedagogik texnikani egallashning 
birinchi yo‘li shudir
.
Pedagogik texnikani egallashning
 
ikkinchi yo‘li
 
tashkiliy - metodik malakalarni egallashga 
bog‘liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo‘yicha leksiyalarni tinglash, maxsus adabiyotlarni o‘qish 
orqali qo‘lga kiritiladi. Tashkiliy-metodik malakalar aytilgan yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalarni o‘zining 
individual kasbiy tajribasida sinab ko‘nikma hosil qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Tashkiliy-metodik malakalarning individual xususiyat-
lari, jamoa va guruh bo‘lib ishlash, o‘qish, faoliyat ko‘rsatish 
asosida ko‘rilgani ma‘qul. Chunki guruh yoki jamoa bo‘lib 
o‘qish, ishlash har bir pedagogga o‘zini boshqalar ko‘zi bilan 
ko‘rishni, faoliyatidagi nuqsonlarni seza bilishni, muomala va 
hulq-atvorning yangi shakllarni izlab topish va sinash imkonini 
beradi. 
Bu esa o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun 
asos bo‘ladi, va pedagogik vazifalarning yangi usullarini 
tekshirib ko‘rish, nazariy masalalarini hal qilish uchun tajriba maydoni bo‘lib qoladi. 
Demak, tashkiliy-metodik malakalarni egallashda guruh, jamoa faoliyati, mashg‘ulotlari 
pedagogik texnika asoslarini egallash imkonini beradi. 
Pedagogik texnikani egallashning 
uchunchi yo‘li
 
har bir pedagogning individual dasturini 
ishlab chiqishdir. Bunday dasturni tuzishdan oldin pedagogik texnika malakalarini shakllangan-
ligining boshlang‘ich darajasini aniqlab olish zarur. Ya’ni pedagogning dastlabki o‘quv-tarbiya 
ishlaridagi natija, nutq madaniyatining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilishi, mimik va pantomimik 
aniqliklar va h.k. 


122 

Download 6,92 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnikani qanday egallash kerak

Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish