120
larni xarakterlayotganda aktyorlik, o‘quvchilarda ushbu xususiyatlarni tarbiyalashda esa rejissorlik
malakalari zarur.
Ular aytilganlardan tashqari o‘qituvchiga yoshlar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchi-
o‘quvchilarning aql-idrokkina emas, balki ularning his-tuyg‘ulariga ham ta’sir ko‘rsatish, ularga
olimga nisbatan hissiy-qadriyatli munosabatda bo‘lish tajribasini to‘liq berishga yordamlashadi.
Shunday qilib, o‘qituvchi yuqorida qayd etib o‘tilgan pedagogik texnika ko‘nikmalarini
o‘zida tarbiyalasa, u yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida
muvaffaqiyatga erishadi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan kasbkorlik malakalari o‘qituvchining o‘quv va maxsus fanlar
bo‘yicha bilimlari, pedagogik mahoratni egallashga intilish, o‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda
ma‘suliyatni his qilish asosida egallanadi. Va ular yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish,
targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi.
Maktabshunos olimlarning ta’kidlashicha, yuqorida qayd qilib va tasniflab o‘tilgan pedagogik
texnika malakalarini yakka holda emas, butun tarzda qo‘llansa, kutilgan maqsadga erishiladi.
Masalan, nutq texnikasini, his-tuyg‘u, mimik, pantomimik malakalari bilan qo‘shib olganda
amalga oshirish bunda so‘z, gap ohangi, qarash, imo-ishora bilan, ko‘tilmagan pedagogik vaziyatda
osoyishtalik bilan aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatiga asoslansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu xususiyatlar pedagogning individual psixik fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi.
Individual pedagogik texnika o‘qituvchining yoshi, jinsi, fe’l-atvori, sihat-salomatligi va anatomik-
fiziologik xususiyatiga bog‘liqdir.
Shunday qilib, o‘qituvchi-tarbiyachi o‘zida yuqoridagi malakalarni tarbiyalasa, ularning
mazmunini chuqur o‘zlashtirsa pedagogik texnikani egallashning imkoni bo‘ladi va u o‘qituvchini
pedagogik mahorat sari yetaklaydi.
Shu o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, o‘qituvchi pedagogik malakalarni egallab,
uning ustasi bo‘lishi uchun pedagogik texnikani egallash yo‘llarini bilish kerak. Endi biz sizlar bilan
pedagogik texnikani egallash yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.