|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim Pdf ko'rish
|
bet | 101/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Pedagogik san’at
– bu qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, faqat farosat bilan amalga oshiriladigan
ishdir, degan taasso‘rot tug‘iladi.
Biz mohir pedagog – o‘qituvchilarning muvaffaqiyat bilan ta’sir usullaridan foydalana
olishini, turli amaliy pedagogik vazifalarni mohirona qo‘yishi va hal etishini ko‘ramiz. Bunda
maxsus ko‘nikma asosiy rol o‘ynaydi, ya’ni: o‘quvchilarni bilish faoliyatiga jadal jalb etishi,
savollar qo‘ya olishi, jamoa va alohida shaxs bilan muloqoti, ko‘zatmalar olib borishi, jamoani
uyushtira olishi, o‘z kayfiyatini, ovozini, mimika, hatti-harakatlarini boshqara olishi namoyon
bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya san’atida o‘zining pedagogik texnikasi, o‘zining “bir qolipdagi” mehnat
madaniyati borki, ularni bilib olish zarur. Pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularni malakasini
oshirishning butun sistemasi ana shunga qaratilmog‘i lozim. Biroq hali hech kim oliy o‘quv yurtida
o‘qib yoki o‘qituvchilar malakasini oshirish ko‘rsini tamomlagandan keyin usta pedagog bo‘lib
qolmagan. Pedagog mehnat ustalari maktabda vujudga keladi, bolalar bilan muomalada
tarbiyalanadi.
Pedagogik mahorat fahm-farosat va bilimlarning, chinakam ilmli, tarbiyadagi qiyinchiliklarni
yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbarlikning, bolalar qalbining qandayligini his qilish qobiliyati,
ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondahish, donolik, ijodiy
dadillik, ilmiy tahlil, hayol, fantaziyaga bo‘lgan qobiliyat mujassamidir.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika
sohasidagi malakalar ham kiradiki, ular tarbiyaga ko‘proq kuch sarflab, ko‘proq natijalarga erishish
imkonini beradi.
Aynan pedagogik texnika o‘qituvchining ichki tuyg‘ulari va tashqi qiyofasi uyg‘un bo‘lishiga
yordam beradi. Pedagogning mahorati uning ichki madaniyati va pedagogik tashqi ma’nodorligida
aks etadi.
Ichki texnika
-insonning ichki tajribasini yaratish, o‘qituvchining aqliy, irodasi va his-
tuyg‘ulariga ta’siri orqali kelajakdagi faoliyatga psixologik moslashuvi.
|
| |