114
7.
O‘qituvchilik sha’ni, qadr-qimmati haqida fikringizni ayting?
8.
Pedagogning muomala odoblarini so‘zlab bering?
VII BOB. PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA.
PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
7.1. Pedagogik texnika haqida tushuncha
Muvaffaqiyat tasodifiy narsa emas.
U mehnat, o‘rganish, izlanishdan va
albatta qilayotgan ishini
sevishlikdan iborat.
Pele
Pedagogik texnika –
uzluksiz rivojlantirish
pedagoglarning ichki faoliyatidan kelib chiqadigan o‘z
mahoratini ifodalay olish qobiliyati. Ya’ni o‘qituvchi-
ga o‘quv faoliyatida ham o‘qishdan tashqari faoliyatda
ham zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalar
majmuidan tashkil topadi.
Pedagogning pedagogik texnikasi – bu shunday
bir malakalar yig‘indisidirki, u tarbiyalanuvchilar
ko‘rib eshitib turgan narsalar orqali ularga o‘z
fikrlari
va qalbini yetkazish imkonini beradi.
Pedagogik texnika
– o‘z psixofizik apparatini
ta’lim ta’sirining vositasi sifatida ishlatish qobiliyati. Bu – o‘qituvchiga o‘z pozitsiyasini yanada
chuqurroq,
yorqinroq, iqtidorli kashf etish va ta’lim ishlarida muvaffaqiyatga erishish imkonini
beradigan texnikalar majmuasiga ega bo‘lishdir.
Pedagogik texnika
– o‘qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy
faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.
Pedagogik texnikani o‘zaro bog‘lasak
1) shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonuniyatlarini
mujassamlashtirgan va
yakuniy natijani kafolatlaydigan pedagogik hodisa;
2) ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, uni boshqarish, pedagogik va o‘quv
faoliyatini
tashkil qilish usullari tavsifi. Pedagogik texnikaning bosh vazifasi – ommaviy ta’lim sharoitida
“oddiy” pedagoglarga o‘qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi o‘quv jarayonini
yaratish hisoblanadi.
Mutlaqo to‘g‘ri bo‘lgan pedagogik tadbirni o‘rnatish mumkin emas. Pedagogik san’at vaziyat
bilan bog‘liq. Bu yerda har gal hamma narsa yangidan sodir bo‘lganday tuyuladi. Binobarin, kishi
o‘zining har bir qadamini oldindan ko‘rishi, rejalashtirishi amalda mumkin bo‘lmaydi. Pedagogning
mehnati behad izlanishlardan iborat.
Pedagogikada o‘qituvchi chuqur hissiyotga berilishini, shaxsiy
hayotidagi turli ruhiy
vaziyatlar tufayli kayfiyatining o‘zgarib turishini o‘zi qattiq nazorat qilish talab qilinadi.
Ushbu nazoratni o‘qituvchining o‘zi boshqarishi lozim. Bu jarayonning ijobiy natijalari
o‘qituvchining refleksiv qobiliyatlarida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik texnikaning yana bir muhim xususiyati pedagogik ta’sir ko‘rstishdagi o‘qituvchi-
ning ma’naviy va estetik qiyofasi. Bu tarbiyalanuvchilarga yaqqol namoyon bo‘ladigan xususiyat-
115
dir. Agar o‘qituvchi ma’naviy qashshoq bo‘lsa, nutqi tartibsiz va muloqotda no‘noq, didi past, o‘z
hissiyodarini jilovlay olmaydigan qo‘pol bo‘lsa, uning ta’lim-tarbiya berishi haqida gap bo‘lishi
mumkin emas.
Abu Nasr Forobiy “Baxt saodatga erishuv” asarida ta’lim tarbiya berish usulni ikki turga
bo‘ladi rag‘batlantirish va jazolash.
Forobiy fikricha, pedagoglik kasbi bilan o‘zida un ikki tug‘ma
xislatni mujassamlashtirgan
kishilar shug‘ullanishi lozim:
1. Barcha organlari mukammal taraqqiy etgan.
2. Barcha masalani tez mukammal taraqqiy etgan
3. Xotirasi kuchli bo‘lgan
4. Zehni o‘tkir bo‘lgan
5. Nutqi ravon bo‘lgan
6. Bilish va o‘qishga muhabbati kuchli bo‘lgan
7. Ko‘zi to‘q, pokiza bo‘lgan
8. Haqiqatparvar bo‘lgan
9. G‘ururli vijdonli bo‘lgan
10. O‘z manfaatlarini o‘ylamaydigan
11. Adolatli
12. Qat’iyatli, qo‘rqmas va jasur kishilar.