• XULOSA! 111 “Birovni o‘rgatishing uchun o‘zing
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    Asal va sirka (Rivoyat) 
    Bozorda ikki do‘kon yonma-yon joylashgan bo‘lib, ularning birida 
    asal, birida sirka sotilar ekan. 
    Asal sotuvchi yoniga hech kim kelmas, sirka sotuvchi yonidan esa 
    xaridor arimas ekan. Asal sotuvchi tolesizligidan xafa bo‘lib, keksa 
    donishmand huzuriga borib, sirka sotuvchisi yonidan odam arimasligi, 
    o‘zining yoniga esa hech kim kelmasligidan shikoyat qilibdi. 
    Asl-haqiqatni o‘rgangan donishmand shunday debdi: 
    - O‘g‘lim, sen asal sotasan, lekin tiling sirkadek achchiq, taxir. 
    Sheriging sirka sotadi, lekin tili bilan asal ulashadi. 
    XULOSA! 


    111 
    “Birovni o‘rgatishing 
    uchun o‘zing 
    o‘rganishing uchun lozim 
    bo‘lgandan ko‘ra ham 
    ko‘proq aql kerak. 
    M.Monten 
    Uning mohiyati shundan iboratki, agar o‘qituvchining bu muomala munosabati o‘z 
    professional vazifasini burchini bajarish jarayonida sodir bo‘lsa, jamiyat o‘qituvchining 
    pedagoglik kasbining ijtimoiy mavqeini, unga ma’lum bir huquq va vakolatlar berilganligini 
    nazarda tutadi. 
    Pedagogik etikada muomola odobining biror jihati, masalan, o‘qituvchining o‘z kasbiga 
    munosabati, burchi alohida tahlil etilishi mumkin. 
    Pedagogik jarayonda o‘qituvchi axloqiy munosabatlarning subyekti hisoblanadi. U pedagogik 
    jarayonning asosiy kishisi-figurasi sifatida o‘quvchilar, kasbdoshlar, ota-onalar bilan muomalada 
    bo‘ladi. Pedagogik muomala odobi tizimida o‘qituvchi asosiy figuradir. 
    O‘quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, pedagoglar jamoasi va jamoat tashkilotlarining vakillari 
    o‘qituvchi uchun pedagogik muomala-munosabatlarning obyekti hisoblanadi. Ular bilan bo‘ladigan 
    aloqalar yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish vazifalarini bajarish jarayonida sodir bo‘ladi. Bu 
    muomala jarayonida ishtirok etadigan kishilar bir-birlariga nisbatan xayrixoh, ijobiy hissiyotda 
    bo‘lishlari, bir-birlarining fazilatlarini o‘zaro baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi. 
    Pedagogik muomala-munosabatlarda hissiyot aralashgani uchun ularning axloqiy va ruhiy 
    jihatlarini bir-biridan ajratish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday hodisalar haqida 
    gapirganda, odatda, pedagogik jamoadagi axloqiy-ruhiy vaziyat tushunchasi ishlatiladi. 
    Demak, o‘qituvchining muomala odobi-u aloqa qiladigan odamlar, muassasalar bilan o‘z 
    professional vazifasini bajarayotganda sodir bo‘ladigan axloqiy munosabatlar majmuidir. Bu 
    yondoshuv asosida pedagogik muomala odobini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish 
    mumkin: 
    - o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi muomala; 
    - o‘qituvchi bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi muomala; 
    - o‘qituvchi bilan ota-onalar o‘rtasidagi muomala; 
    - o‘qituvchi bilan maktab rahbarlari o‘rtasidagi muomala. 
    Muomala odobida o‘qituvchining axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining yetuklik darajasi, 
    axloqiy ehtiyojlari va axloqiy yo‘nalishlari, so‘zi bilan ishining birlik darajasi, xullas, muallimning 
    faol hayotiy nuqtai-nazari namoyon bo‘ladi. 
    Yaxshilik qilish – ijobiy axloqiy fazilat bo‘lib, xulqiy sifatlarini inson faoliyati yoki biror 
    xatti-harakatiga ijobiy munosabatning yig‘indisini aks ettiradi. 
    O‘qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik 
    faoliyat bilan bog‘liq holda o‘quvchilar jamoasi manfaat-
    larining birligi, muallim va o‘quvchi maqsadining birligi
    ta’lim-tarbiyaning samarasi uchun kurashning birligi aks etadi. 
    Yaxshilik fazilati muallimning ham, o‘quvchilarning ham, 
    ota-onalarning ham yaxshi niyatli, xayrihoh, mehribon bo‘lishini 
    taqozo etadi. Yaxshilik qaror topishi uchun pedagogik 
    jarayonda yomonlikka murosasiz bo‘lish, yaxshi istak bilan 
    muomalada bo‘lish, yaxshi kilik, yaxshi harakatlarning birligi 
    zarurdir. 
    O‘qituvchi burchi – burchda shaxsning jamiyatga 
    bo‘lgan munosabati namoyon bo‘ladi. O‘z burchiga sodiqlik 
    har bir kishiga obro‘, shon-sharaf keltiradi. Kishining o‘z burchiga sodiqligi jamiyatga, Vatanga, 
    mehnatga, oilaga, farzandlariga bo‘lgan munosabatida bilinadi. 


    112 
    O‘qituvchi yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish sohasidagi o‘z burchini zurlik tufayli 
    yuklatilgan majburiyat emas, balki o‘z xayotining ma’nosi, ishonch, vijdon da‘vati deb hisoblaydi. 
    O‘qituvchi burchi aql bilan xissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan 
    qo‘yiladigan talablarning moxiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muhimligini 
    anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yo‘llarini belgilab olsa, 
    shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi. 
    O‘qituvchilik ma’suliyati. Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri ma’suliyatdir. 
    O‘qituvchining ma’suliyati, muallimlik faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini 
    ham o‘z ichiga oladi.
    O‘qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati 
    yuklangan. O‘qituvchilik qilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o‘z zimmalariga 
    qanchalik yuksak, sharafli ma’suliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim. 
    O‘qituvchilik sha’ni, qadr-qimmati. Umuminsoniy va milliy axloqning muhim belgilaridan 
    biri insoniylik sha’ni, qadr-qimmatidir. Insonning qadr-qimmati uning mansabi, kasb-koridan ko‘ra 
    ham ko‘proq o‘z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq-atvoriga bog‘liq. 
    Bu fazilat o‘qituvchi odobida muallimning qadr-qimmati, sha’ni deb ataladi. U, avvalo, 
    o‘qituvchidan o‘z ishining ustasi, kamtar bo‘lishni, shu bilan birga pedagoglar va o‘quvchilar 
    jamoasida o‘zini tuta bilishni talab etadi. 
    Muallim maktab raxbarlari, hamkasblari va boshqalar bilan muomala-munosabatida 
    kibr-havo, manmanlik qilmasa, o‘rinsiz itoatgo‘ylik, xokisorlik, laganbardorlik qilmasa, uning 
    o‘quvchilar oldida obro‘si, qadr-qimmati ortadi. 
    Buyuk mutafakkirlar o‘qituvchining odob-axloqi haqida. O‘rta Osiyoda yashagan allomalar 
    yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash, shuningdek, o‘qituvchilik faoliyati va odobiga doir ta’limot-
    larni ham yaratdilar. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish