• Abdurauf Fitrat. “Rahbari najot”asaridan “Hech biro ta o‘z farzandiga xulq-u, odobdan buyukroq meros bera olmaydi.” Imom Buxoriy
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    Hayotda muvaffaqiyatga 
    erishish uchun uch narsa 
    kerak: 
    - diqqat 
    - intizom 
    - harakat 
    Jaloliddin Rumiy
     
    “Suv qaysi rangdagi idishda 
    bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi 
    bolalar ham qanday muhitda bo‘lsalar, 
    o‘sha muhitning har qanday odat va 
    axloqini qabul qiladilar”. 
    Abdurauf Fitrat. 
    “Rahbari najot”asaridan 
    “Hech biro ta o‘z farzandiga 
    xulq-u, 
    odobdan 
    buyukroq 
    meros bera olmaydi.”
    Imom Buxoriy
    Al-adab al-mufrad. 
    - bolalarning ichki xulq-atvorini ko‘rish; 
    - muhitda harakat qilish; 
    - tegishli ta’sir qilish usulini tanlash (bu yerda biz aytganimizdek muhim, ta’limning 
    vaqtinchalik usullarini bilish: “siz ko‘proq bilasiz, lekin sizga maslahat beraman...”); 
    - bolalar bilan suhbatlashish (noaktiv o‘qituvchi talabaga passiv tinglovchining pozitsiyasini 
    qo‘yadi, so‘z, imo-ishora, yuz ifodalarini ifodalaydi). 
     
     
     
     
     
     
     
    6.3. Pedagogik taktni qo‘llash shartlari 
    O‘qituvchining rejissyorlik va aktyorlik ko‘nikma-
    lari. Pedagogik va aktyorlikning o‘zaro o‘xshashliklari 
    ko‘p. Bu ushbu faoliyatlar mohiyatidan kelib chiqadi. 
    Har ikkala faoliyat negizida insonlar ongiga ta’sir etish 
    masalasi yotadi. 
    Aktyor sahnadagi rol orqali, pedagog turli 
    pedagogik ta’sir vositalari yordamida inson ongida 
    oldindan ko‘zlangan o‘zgarishlarni amalga oshirishga 
    harakat qiladilar. Bu kasblarni bir-biriga yaqinlash-
    tiruvchi yana bir narsa – bu har ikkalasi ham ommaga 
    qaratilib, omma nigohida amalga oshirilishidir. 
    O‘qituvchining o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulot, tadbirlarini “senariy”sini ishlab chiqishi, unda 
    o‘quvchilar faoliyatini boshqarishi bu kasbni rejissyor kasbiga yaqinlashtiradi. 
    O‘qituvchilar talabalar diqqatini jamlash, e’tiborini vaqt 
    davomida yo‘naltirib turish qanchalik qiyinligini yaxshi 
    biladilar. Shunda o‘qituvchilarga aktyorlik mahorati katta 
    yordam beradi. Buyuk rus dramaturgi K.S.Stanislavskiyning 
    aktyorlar bilan ishlash sistemasi pedagogning aktyorlik 
    mahoratini oshirishga katta imkon beradi. 
    Pedagog ham aktyor kabi o‘zining psixik-jismoniy 
    yaxlitlik holatida faoliyat vositasi rolini o‘ynaydi. Shuning 
    uchun u o‘z organizmini sozlashi, uni zarur paytda to‘g‘ri harakatni amalga oshira olishini 
    ta’minlashi kerak. 
    Boshqaruv uslublari. Psixologiyada turli tipdagi boshqaruvchilarning ijtimoiy psixologik 
    portreti ishlab chiqilgan – bunda ularning boshqaruvida bo‘lgan jamoa bilan muloqoti texnikasi 
    tahlil qilinadi. O‘qituvchi ham pedagogik jarayonda boshqaruvchi fiinksiyasini bajaradi. 


    106 
    Boshqaruv uslublarining uchta asosiy turini o‘zaro ta’sir qilish nuqtai nazaridan ko‘rib 
    chiqamiz. Avtoritar uslub. Talabalar faoliyatiga tegishli barcha masalalarni, hattoki kim qayerda 
    o‘tirishigacha o‘qituvchi yakka o‘zi hal qiladi. 
    Taktika tanlash turli vaziyatlarda turli rollarni bajarish bilan bog‘liq. Bu haqida ma’lumotni 
    psixolog A.B.Dobrovich kitoblaridan olish mumkin. Bu o‘rta pozisiya bo‘lib, ular quyidagicha: 
    “yuqоridаn pаstgа”, “pаstdаn yuqоrigа”, “yonmа-yon” vа “аrаlаshmаslik” pоzitsiyasi. 
    “Yuqоridаn pаstgа” pоzitsiyasidа o‘qituvchi mustаqil hаl etishni nаmоyish etаdi, mа’suliyatni 
    o‘z zimmаsigа оlаdi. Bu pоzitsiya “оtа-оnа” pоzitsiyasi. 
    “Pаstdаn yuqоrigа” pоzitsiyasi tоbеlik, shахsning o‘zigа ishоnmаsligi. А.B.Dоbrоvich so‘zi 
    bilаn аytgаndа, bu “tа‘lim оluvchi” pоzitsiyasi. 
    “Yonmа-yon” pоzitsiyasidа fаrоsаtlilik vа vаzminlik, vаziyatgа qаrаb ish tutish, bоshqаlаr-
    ning hаm mаnfааtini o‘ylаsh, o‘zi vа ulаr o‘rtаsidа mа’suliyatni to‘g‘ri tаqsimlаsh ifоdа etilаdi. Bu 
    “kаttа оdаm” pоzitsiyasi. 
    “Аrаlаshmаslik” pоzitsiyasi – аrаlаshmаslik, fаоllikni nаmоyon etmаslik. 
    Hаr bir pоzitsiyaning qo‘llаnishi vаziyat tаlаbigа mоs tаnlаnаdi. Mulоqоt ikki tоmоnlаmа 
    jаrаyon bo‘lgаnligi uchun o‘qituvchi tа’lim оluvchi rоlini hаm inоbаtgа оlishi shаrt. 
    O‘qituvchining оdаtiy pоzitsiyasi bu hаmkоrlikdа ish оlib bоrаyotgаn “kаttа оdаm”, ya’ni 
    ishgа аlоqаdоr dаrаjаni tаlаb qiluvchi pоzitsiyadir. Bu pоzitsiya tа’lim оluvchidа tеng huquqli 
    shеriklikni shаkllаntirаdi, o‘zаrо ishоnch muhitini yarаtаdi.
    Bundа quyidаgi jumlаlаrni qo‘llаsh mumkin: “Sizlаr bilаn mаslаhаtlаshmоqchi edim”, 
    “Kеlinglаr, o‘ylаb ko‘rаylik” vа hоkаzо. 
    Pedagogik taktni shakllantirish omillari. Insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan pedagogikada 
    pedagog quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim, deyiladi:
    - tarbiyalanuvchilarga mehrli bo‘lish, mehrini ko‘rsata olishi;
    - talabalar hatti-harakatlarining “ichki kechinmalarini” ko‘ra olish;
    - vaziyatni to‘g‘ri baholay olish;
    - maqsadga muvofiq ta’sir usulini tanlash;
    - talabalar bilan samarali muloqot qura olish. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish