107
Axloq umuminsoniy va milliy xarakterga ega bo‘lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har
bir odam egallashi lozim bo‘lgan axloqiy ideallari, orzu-umidlari to‘g‘risidagi
tasavvurlari,
tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o‘z ichiga oladi.
Pedagogik axloq – bu o‘qituvchi o‘z talabalari bilan o‘zaro tushunishni ta’minlaydigan, ular
orasida intizomni qo‘llab-quvvatlaydigan, shuningdek, o‘z ish joyida tartibni ta’minlaydigan
texnikalar to‘plamidir.
O‘quv jarayonida axloq qoidalarining roli juda katta va
uning bilimlari har qanday
professional o‘qituvchi uchun majburiy hisoblanadi.
Pedagogik axloq-bu o‘qituvchi o‘z talabalari bilan o‘zaro tushunishni ta’minlaydigan, ular
orasida intizomni qo‘llab-quvvatlaydigan, shuningdek, o‘z ish joyida tartibni ta’minlaydigan
texnikalar to‘plamidir. O‘quv jarayonida axloq qoidalarining roli juda katta va uning bilimlari har
qanday professional o‘qituvchi uchun majburiy hisoblanadi.
Umuminsoniy axloq deganda turli davrlarda barcha xalqlarda
kishilarning turmushi, hayot
tarzida shakllanib, insonlarning o‘zaro muomala-munosabatlarini tartibga
solib turuvchi umumiy
tushunchalar, normalar va talablar, umumiy axloqiy sifatlar tushuniladi. Milliy axloq esa umum-
insoniy axloqqa xos asosiy
xususiyatlarni saqlagan holda, ayni millat va elat kishilarigagina xos
bo‘lgan ayrim axloqiy xususiyatlarni ham o‘zida mujassamlantiradi”.
O‘qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirib olishi, tajribada qo‘llashi,
o‘zining dunyoqarashi, axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim.
Fikrlash va xis etish, turmushda
sinab qurish natijasida umuminsoniy va milliy – axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o‘qituvchining
o‘z axloqiy fazilatiga, e’tiqodiga aylanadi.
“Kimki bir ko‘ngul buzuqning xotirin shod aylagay
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay”.