PISA – Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

PISA – Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi 
Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi – PISA (ing. Programme
for International Student Assessment) turli davlatlarda 15 yoshli 
oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) 
hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur. 
PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak 
boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va 
muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, 
taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. 


127 
Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi 
marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, jami testlar 
majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga 
urgʻu berilgan. 
PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli 
mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni 
aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar 
samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015-yillar 
oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda 
Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada 
– Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi 
mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.
PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, 
hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʻtibor 
oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va 
koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi. 
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi: 
Bir javobli testlar; 
Bir nechta javobli testlar; 
Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar; 
Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruv-
chida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab 
qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi). 

Download 6,92 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PISA – Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi

Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish