• Ichki shaxsiy nizo
  • Ochiq nizolar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    Pedagogik nizo – 
    bu pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida 
    pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama-qarshilik o‘qituvchi 
    bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. 
    Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, axloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim doirasi keng, 
    nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim.
     
    “Nizo – bu o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida 
    tug‘ilgan holat, munosabat; ihtilof, nifoq”. 
    Jamoa a‘zolari orasida nizolarning ko‘pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo‘ladi: 
    1. Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik. 
    2. Vazifalarning o‘zaro bog‘liqligi. 
    3. Maqsadlardagi har xillik. 
    4. Erkinlik mustaqillik va o‘zaro qadrni bilishdagi har xillik. 
    5. Manmanlik, qaysarlik. 
    6. Kommunikatsiya – o‘zaro aloqani qoniqarsizligi. 
    Nizolarning asosan ushbu turlari uchrab turadi. 
    ochiq nizolar 
    yopiq nizolar 
    obyektiv nizolar 
    subyektiv nizolar 
    konstruktiv nizolar
    Ichki shaxsiy nizo
    bir kishining o‘ziga bir-biriga zid topshiriqlar berilib, rahbarning pirovard 
    talabi bir-biriga mos, kelmay, bajaruvchi bunday holda nima qilishini bilmay xunob bo‘lgan 
    hollarda vujudga keladi. 
    Shaxslar o‘rtasidagi nizo 
    ko‘p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo‘lgan nuqtai nazari-
    ning mos tushmasligi, rahbarlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan rahbar o‘rtasida ish 
    sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. 
    Ochiq nizolar 
    odatda qarama-qarshi tomonlarning ko‘z oldida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri vujudga 
    keladi. Ular to‘qnashish sodir bo‘lgunga qadar to‘liq yetilgan bo‘ladi. Bunday nizolar rahbariyat 
    nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug‘dirmaydi va ularni boshqarish 
    oson kechadi. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish