• 5. Ustamonlik qilishga harakat qilish uslubi.
  • Qo‘rquvga asoslangan uslub




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    4. Qo‘rquvga asoslangan uslub
    . Bundan odatda yosh, tajribasiz o‘qituvchilar foydalanishga 
    harakat qiladilar. Ushbu uslub asosan taqiqlashga tayanadi. Bolalar faolligi, tashabbuskorligi inkor 
    etiladi. Bu uslub hozirgi kun talablariga mutlaqo mos emas. 
    5. Ustamonlik qilishga harakat qilish uslubi.
    Uni odatda ma’lum bilimlarga ega bo‘lmagan, 
    pedagog sifatida o‘ziga ishonchi yo‘q, sinfda o‘quvchilar jamoasini boshqara olishga ko‘zi 
    yetmagan ayrim o‘qituvchilar qo‘llashga harakat qiladilar. 
    Ammo o‘quvchilar ertami-kechmi bu nayrangbozlikning oxiriga yetadilar. Buning oldi 
    olinmasa, sinfda tarbiyaviy ishlarga jiddiy putur yetishi mumkin.
    O‘quvchilar hurmatini qozonishga intilish pedagogik maqsad bo‘libgina qolmay, balki tarbiya 
    maqsadlarini amalga oshirish vositasi hamdir. 
    O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, birinchi va ikkinchi pedagogik uslublar tarbiyaviy faoliyatda 
    yaxshi samara beradi; uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi pedagogik uslublardan pedagoglar iloji 
    boricha o‘zlarini xalos qilishlari kerak. 
    O‘qituvchining talabalarga ta’sir o‘tkazish samarasi uning prinsipialligi va talabchanligida 
    o‘z aksini topadi. Bundan tashqari u o‘ziga ham o‘ta talabchan bo‘lmog‘i, shaxsiy namunasi bilan 
    tabiiy ravishda obro‘, e’tibor qozonmog‘i lozim. 


    88 
    Muomala jarayonida va hamkorlik faoliyatida o‘qituvchining talabalarga ta’sir o‘tkazish 
    natijasida ularda: 
    - o‘z-o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilish; 
    - o‘z-o‘zini va boshqalar faoliyati, xulqini baholash; 
    - o‘z-o‘zini nazorat va o‘zgalarni nazorat qilish; 
    - o‘z-o‘zini boshqarish (ham bilish faolyaitida, ham xulq atvorda) 
    - o‘z-o‘zini takomillashtirish va yangi fazilatlarni egallash shakllanadi. 
    Do‘stona muomala o‘quvchi (talaba) bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlash-
    tirishni ta’minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qladi. 
    Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobi muallimning axloqiy madaniyati, 
    tarbiyalanganlik darajasini aks ettiradi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida o‘ziga, o‘z 
    kasbiga, o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati uning muloqotida yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. 
    Hozirda katta ahamiyatga ega shaxslararo aloqalarni o‘rnatishda, shuningdek, o‘qituvchi va 
    talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatishda psixologik bilimlarga beriladi. 
    Psixologik-pedagogik muloqot o‘qituvchi-pedagogning o‘quvchilar, hamkasblar, ota-onalar, 
    shuningdek, davlat boshqaruvi va ta’lim organlari vakillari bilan o‘zaro munosabatlarini o‘z ichiga 
    oladi. 
    Psixologik-pedagogik muloqotning o‘ziga xosligi o‘qituvchining bolalar bilan muloqot 
    qilishda ijtimoiy va differentsial psixologiya sohasidagi psixologik kompetentsiyasidir. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish