• 2. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat - pedagogik uslub
  • 3. Pedagogik muomala - masofa uslubi
  • Tarbiyaviy maqsadni amalga




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    1. Tarbiyaviy maqsadni amalga
    oshirishga demokratik yondoshish, tarbiyaviy ishlar natija-
    sini oshkora muhokama qilish va uni o‘quvchilar bilan birgalikda baholab, kelgusi rejalarni tuzishni 
    taqozo etadi. 
    Bu uslub pedagog – o‘qituvchi-o‘quvchilar jamoasi shaxslararo munosabatlarni erkinlik, 
    demokratik talablar asosida shakllantirib, o‘quvchilarning tashabbuskorligi, o‘z-o‘zini tarbiyalash 
    ishiga ijodiy yondashish orqali barcha psixologik - idividual imkoniyatlarini, qobiliyatini ro‘yobga 
    chiqarishga zamin yaratadi. 
    2. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat
    - pedagogik uslub

    U o‘quvchi shaxsini hurmat qilish va talabchanlik mezoni asosida qurilgan. Ushbu uslub 
    asosida o‘z faoliyatini tashkil etgan pedagog har o‘quvchining kelajagiga umid bilan qarashi, unga 
    individual yondoshishga harakat qilishi, jazo usullarini tartibsiz qo‘llamasligi, o‘quvchilar jamoasi 
    oldiga istiqbolli tarbiyaviy maqsad qo‘yishga intilishi lozim. Aslida bu uslub biz ko‘rib o‘tgan 
    birinchi uslubga o‘tishga zamin tayyorlashi, unga muqaddima bo‘lishi mumkin. 
    Aksincha, o‘qituvchi ma’lum pedagogik mohiyatga ega bo‘lishga intilmasa, o‘z fanidan 
    bilimi sayyoz bo‘lsa, shaxslararo munosabatlarga ijodiy yondoshmasa, kommunikativ qobiliyatini 
    takomillashtirib bormasa o‘quvchilar uni “katta birodar”, “consultant” sifatida asta-sekin tan olmay 
    qo‘yishadi. Pedagog o‘zining tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishdagi yetakchilik rolini yo‘qotib, 
    o‘quvchilar hurmatini yengil yo‘l bilan qozonmoqchi bo‘lgan bachkana shaxsga aylanib qolishi 
    mumkin. 
    3. Pedagogik muomala - masofa uslubi
    . Bundan tajribali pedagoglar ham, faoliyatini endi 
    boshlagan yosh o‘qituvchilar ham foydalanishiga harakat qilishlari mumkin. 
    O‘qituvchilar asosan pedagogik talabga tayanadilar. O‘quvchilar oldiga ma’lum tarbiyaviy 
    maqsadlarni qo‘yib, uni bajarilish jarayonini kuzatish, xatolarini tuzatish, baholash bilan mashg‘ul 
    bo‘ladilar. Bunday pedagoglar o‘qitayotgan sinflarda tarbiyaviy maqsadlar nomigagina amalga 
    oshiriladi; tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarda xatti-harakat motivlari, rivojlanish ehtiyojlarini 
    shakllantirmaydi.
    Nari borsa, sinf o‘quvchilari axloqiy bilimlarni o‘zlashtirib olishlari mumkin. Lekin bu xil 
    bilimlar amaliyotda kam qo‘llaniladi. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish