83
Muloqotning har bir bosqichida o‘qituvchi nimani bilishi kerak?
Modellashtirish bosqichi auditoriyaning o‘ziga xosligi, xususiyatlarini bilishini talab etadi:
bilish
faoliyati xarakteri, uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar ish dinamikasi tayyorlanayotgan
dars o‘zaro hamkorlikka mos va faqat o‘qituvchi shaxsidan emas, balki o‘quvchi shaxsi tomonidan
ham o‘ylangan bo‘lishi, turli variantlarda tuzilishi lozim.
“Kommunikativ ataka”
bosqichida sinfning tezda ishga jalb qiladigan texnika kerak,
samoprezantitsiya va dinamik ta’sir priyomlarini egallash lozim.
Muloqotni boshqarish bosqichida o‘quvchilar tashabbusini quvvatlash, dialog muloqot tashkil
etish, o‘z fikrlarini real sharoitga moslay olish ko‘nikmalari zarur bo‘ladi.
Tahlil
qilishda maqsad, vosita va natijalar majmuasini tahlil etadi. O‘quv tarbiya jarayonida
o‘qituvchi muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbar, tashabbuskor bo‘ladi.
Insonning axloqiy tarbiyalanganligi uning atrofidagi narsalarga bo‘lgan
turli-tuman
munosabatlarda namoyon bo‘ladi. U insonning hislarida kechinmalarida ifodalanadi hamda xulq
atvorida hatti harakatida bo‘ladi.
Bolalarga yaxshilik qilish va mehribonlik ichki kechinmamiz bilan holatdagina emas,
balki
pedagogik faoliyatimizdagi bola bilan yoki sinf bilan munosabatdagi asosiy motiv asosiy rag‘bat
bo‘lishi kerak.
Muomala rollar orqali shaxs faoliyati uchun muayyan maydon yaratib, unda u yoki bu sotsial
xulq atvorni programmalashtirish o‘qituvchi o‘quv tarbiya jarayoniga shaxsiy roli shaklini kiritadi.
Dars jarayonida o‘quvchilarni o‘qituvchi tashkilotchi va ijrochi rollarida bo‘lishga imkon beradi.
Muomala shaxsga o‘zini tanishga o‘rgatadi. O‘qituvchi darsni rejalashtirar ekan faqat
axborotni egallash haqida o‘ylamasligi, balki avvalo o‘qituvchining yordamiga muxtoj bo‘lgan
o‘quvchilarning o‘zi ifodalay olishi uchun sharoit yaratish haqida o‘ylash, har bir o‘quvchining
qiziqishini ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va hamkorlikni ta’minlanishi lozim.
Muomala jarayoni ikki tipda bo‘lishi mumkin: Dialog va monolog.
Monolog muomalada hamkorlik bir tomonning ijrochiligi asosida quriladi. Pedagogik faoliyat
pedagogning bolalar bilan yaxshi munosabati jarayonida, ishni
demokratik tashkil etish va
birgalikdagi ijodiy faoliyat jarayonida bo‘lishi mumkin.
Dialogik muomalada esa hamkorlik ikki tomonning ijrochiligi asosida quriladi, ya’ni savol –
javob tariqasida.
Bu vaziyatda o‘qituvchi baho beruvchi rolida chiqadi, ikkinchi uning o‘zi baho oluvchi
hisoblanadi. Ravshanki bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari
va vositalari ham
o‘qituvchining pedagogik muloqoti har xil bo‘ladi. Biz quyida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan
muloqotini qarab chiqamiz.
Pedagogik muloqotning tarkibiy qismlari uning vazifalari o‘qtuvchining o‘quvchilar va
kasbdoshlari bilan uzviy aloqalari vositalar hamda usullari muloqot xarakteriga baho berishdan
iborat bo‘ladi.