79
14-rasm. Muloqot jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi muomalasi.
O‘qituvchilarning o‘zaro axborot almashishi bilan bog‘liq xususiyatlari, uning sinf jamoasiga
singib keta olish qobiliyati bilan bog‘liq. Sinf jamoasida ro‘y berayotgan har qanday voqea va
hodisalar o‘qituvchilar nazoratida bo‘lishi, ularning oqibatini o‘qituvchilar tez va adolatli tahlil
qilishi va oldini olishi lozim.
Bu faqat faol o‘quvchilar bilan axborot almashib turish natijasida amalga oshiriladi.
Shundagina, o‘qituvchining o‘quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi
va ijobiy natijalar beradi.
O‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni o‘quvchilar bilan birgalikda tashkil etadi.
Bunda
sinfning faol o‘quvchilari hamda norasmiy liderlari bilan o‘zaro muloqotning adolatli bo‘lishi
muhim ahamiyatga ega: o‘quvchilarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqil
bajarishga jalb etish, bunda o‘quvchilarga tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat
yaratib berish lozim.
O‘qituvchining to‘g‘ri tashkil etilgan muloqoti o‘quvchining o‘zligini anglash funksiyasini
takomillashtiradi. Bunda o‘qituvchining vazifasi muloqot asosida o‘quvchilarga o‘zining
“Men”ligini
anglashni, shaxs sifatida o‘z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o‘z o‘rnini
bilishni, o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatishi kerak.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog
olimlar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon
etsalarda, muloqot, avvalo, o‘qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi.
Olimlar esa, muloqot uchun o‘qituvchiga yo‘nalish beradi xolos.
Jumladan, rus pedagogi
V.A.Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda
amalga oshiriladi:
80
1.
Prognostik bosqich
(modellashtirish): O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak
muloqotni modellashtirish.
2.
Kommunikativ aloqa:
O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv
jarayonida bevosita
muloqotni tashkil etishga erishish.
3.
Pedagogik jarayon:
O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni
boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4.
Natijalar tahlili:
Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni
xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.
Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo‘nalishlarini quyidagicha ta’riflash mumkin?