77
V BOB. O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA MUOMALA MADANIYATI
VA PSIXOLOGIYASI
5.1 Pedagogik muloqot haqida tushuncha
Har narsaning eng ulug‘i ikki jihatdadir:
ilm va xushmuomalalik.
Shams Tabriziy
Muloqot – yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv,
shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini
bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning
so‘zlashuvida paydo bo‘ladi.
Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-
tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va
mafkura omillari ta’sirida
yashab ijtimoiylashadi va
shaxs sifatida kamolotga yetadi.
Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik-
psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri
hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng
muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Pedagogik muloqot
–
bu o‘qituvchi professional faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda
ta’lim va tarbiya vazifalarini o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining
boshqa ishtirokchilari
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi.
Pedagogik
muloqot – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida yaxlit pedagogik jarayonda kasbiy
muloqot bo‘lib, ikki yo‘nalishda rivojlanadi: talabalar bilan munosabatlarni tashkil etish va bolalar
jamoasida muloqotni boshqarish.
Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi muloqotni, o‘zaro tushunishni
va o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, o‘rnatish
va rivojlantirish, ularning birgalikdagi faoliyatining
maqsadlari va mazmuni bilan yaratilgan ko‘p qirrali jarayondir.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, usuli va
tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir
o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi
hamda quyidagi
xususiyatlarga ega:
• muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy
nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
• o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib,
motivatsiyada motiv
qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;
• pedagogikada muloqot – o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida o‘zaro
munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning
rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
• muloqot – hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo
munosabat rivojlanishining ko‘p
qirrali jarayoni hisoblanadi;
• noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik paydo
bo‘ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va
erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
78
Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari
faoliyatda o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan psixologik muhitni vujudga keltirib,
ijobiy ruhiy iqlimni
yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro
yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
•
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;
•
o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fik-mulohazalarini cho‘chimasdan bayon qilib
unga tayanishga o‘rgatish;
•
o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
•
dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.
Pedagogik muloqot shaxslar bilan taqqoslaganda ba’zi xususiyatlarga ega:
Bu o‘qituvchi va bolaning professional muloqotidir, qulay psixologik muhitni yaratish,
o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni optimallashtirish va talabalar jamoasi ichida.
Faoliyat turlaridan biri sifatida muloqot o‘z qoidalari va sirlari (ijodiy yondashuv) bo‘lgan
san’atdir. Har bir o‘qituvchi ularni bilishi kerak.
Muloqot har doim ijodkorlikdir:
U ma’lumotni yetkazish qobiliyati
U muayyan shaxsga aniq e’tibor berish
U bolaning ahvolini
tushunish qobiliyati
U bolalar va bolalar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil etish qobiliyati
U o‘z psixologik holatini boshqarish, turli psixologik to‘siqlarni bartaraf etish san’ati
U optimistik va quvnoq bo‘lish qobiliyati.