73
O‘qituvchidagi kommunikativ ko‘nikmalar bular oldindan o‘qituvchining og‘zaki va yozma
nutq, imo-ishora orqali fikr ifoda etishni bilish va kishilarni ifoda etayotgan fikrini to‘g‘ri anglay
olishdir.
Yuzni o‘qish san’ati – boshqa kasblar singari o‘qituvchilikka ham xos bo‘lgan sifatlardan
biridir.
Yuzni o‘qish, ya’ni biror shaxsning o‘z fikrini namoyon (ya’ni og‘zaki va yozma holatda)
qilmaganda uning yuz tuzilishi, yuzidagi a‘zolarning ba’zi bir harakatlaridan anglash, tushuna
olishdir. Yuzni o‘qish avvalo psixologik jihatdan idrok, diqqat va kuzatuvchanlikka bog‘liqdir.
Insonlarning xursandligini uning yuzidagi ko‘rinib turgan tetiklik, xushchaqchaqlikdan
anglashimiz yoki xafalikni esa yuzlarning mayus tortganligi, ko‘zlarning toliqib ko‘rinishdan
bilishimiz mumkin.
O‘zgalar holatini tushuna olish o‘qituvchi uchun muhimdir. Sababi u qanday holat, sharoitda
o‘sgan o‘quvchilarga dars berayotganligini bilish lozimdir.
O‘qituvchilarning yurish-turishi, o‘tirishi, harakatidan ularning qay holatda yurganliklarini
bilish mumkin.
O‘zini namoyon qila olish – bu bir qiyin yoki narsa orqali emas, balki bilim, malaka,
ko‘nikma , odob-axloq muomala, nutq, munosabat orqali o‘zini namoyon qila olishdir.
Nutq insonning ongida paydo bo‘lgan fikrning nutq tovushlariga til yordamida ko‘chishidir.
Nutq ta’sirli yoki ta’sirsiz, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Nutq orqali kishi holatini tushunish - kishilar o‘z nutqlarida o‘zlarida kechayotgan jarayonni
namoyon qiladilar. Shu holatni tushunishdir.
Monoton nutq bolani zeriktiradi, noaniq intonatsiya esa yaxshi o‘zaro yaqin suhbatning
uyushtirilgandan baland ton bolalarda ishonchsizligini kelitirib chiqaradi.
Tovush odamlarda tabiatan beriladi, ammo bu esa juda ham ko‘p uchraydi. hamda yaxshi
tovush maxsus mashqlarsiz yillar o‘tgan sari buziladi, o‘zgaradi.