Pedagogik nutq quyidagilarni ta‘minlab berishi mumkin




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

 
Pedagogik nutq quyidagilarni ta‘minlab berishi mumkin: 

pedagog va o‘quvchilar orasida o‘zaro ta’sir etish va muloqotning natijaliligini; 

faoliyat motivlarini, tushunchalarni to‘g‘rilash va shakllantirish maqsadida o‘quvchi, 
bolalar tafakkuriga, his-tuyg‘ulariga ijobiy ta’sir etish kerak;

ta’lim berish jarayonida bilimlarni to‘liq tushuntirish va mustahkamlash, o‘zlashtirib olish; 

o‘quvchilarning amaliy va o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish. 
O‘qituvchi nutqining o‘ziga xosligi – o‘quvchilarga yo‘nalganligi bilan bog‘liqdir. Kuzatuvchan 
o‘qituvchi mavzuni tushuntirishda o‘quvchilarga qanday ta’sir etishni hisobga olgan holda ish yuritadi. 
O‘qituvchi nutqiga qo‘yiladigan talablar, quyidagilardan iborat funksiyalar bilan belgilanadi. 
Asosiy funksiyalardan biri bu bilimlarni to‘liq uzatishni ta’minlab berish. Yangi bilim berishda 
o‘qituvchi o‘z nutqi orqali faqatgina yangi bilimlarni berib qolmasdan, balki his-tuyg‘ulariga ham 
ta’sir etishi kerak. 
Boshqa funksiyalaridan biri bu o‘quvchilarni o‘quv faoliyatining samaradorligini ta’minlab 
berish. 
Pedagogik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qitishning muvaffaqiyatlariga asosan, o‘qitishning 
muloqotga kirilishida uchraydigan pedagogik nizolarni keltirib chiqarmaslik, xato va kamchilik-
larga yo‘l qo‘ymaslikdir. 
Bu xato va kamchiliklar bolalarni to‘g‘ri, tushuna olmaslikdan nutqni to‘g‘ri tuza olmaslik-
dan, muomalada hammani bir nazar bilan ko‘ra olmaslikdan kelib chiqadi. Ularni oldini olish 
yo‘llari turli xildir. Buning uchun eng avvalo, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish shart. 


74 
O‘qituvchi o‘z shogirdlaridan doimo hech bo‘lmaganda bir necha pog‘ona yuqori turishi 
kerak, aks holda bolalar oldida uning obro‘si bo‘lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o‘qituvchi 
javob beraolmasdan qolish mumkin. 
Holbuki, bola sezgir bo‘ladi va juda tez fursatda o‘qituvchining kamchiliklarini bilib oladi. 
O‘qituvchilar oldida yo‘qotilgan obro‘ni tiklash juda qiyin hatto ba’zi vaqtlarda mumkin ham emas. 
Yosh avlod tarbiyalash murakkab va olijanob vazifa bo‘lishi bilan birga ayni zamonda u g‘oyat 
darajada murakkab, mas’uliyatli ishdir. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun, eng avvalo, 
o‘qituvchi o‘z ishining ustasi bo‘lishi, bolalarni sevishi, mas’uliyatlarini, burchlarini, xulqlarini 
anglab yetishlari lozim. 
Xulosa qilib, aytganda mustaqil O‘zbekistonimizda o‘zining pedagogik faoliyatini olib 
borayotgan har bir o‘qituvchi o‘z ustida tinmay ishlashi, doimiy izlanishda bo‘lishi, o‘zidan oldingi 
pedagoglarning ilg‘or tajribalari bilan doimiy tanishib borishi va shu yo‘llar bilan o‘z mahoratining 
tizimlarini kengaytirishi lozimdir. 
O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy 
ta’sirga ega ekanliklarini, ularning o‘zaro kommunikativ 
munosabatlari hamda faoliyatlari o‘rtasidagi bog‘lanish-
ning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unut-
masligi shart. 
O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuv-
chiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga 
erishishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik 
munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik 
muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishi lozim. To‘g‘ri tashkil 
etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy 
va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini 
tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki 
imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini 
tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. 
Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi: 

o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; 

munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; 

bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish;

munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish; 

munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim. 
O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda 
xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi 
pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka 
doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin. 
1. Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro fikr almashishga doir 
sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va shu asosda o‘zaro fikr almashish 
asosida o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini ishlab chiqish. 
2. O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maqsadga muvofiq: kishilar 
bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassurotlarni tahlil qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning 
so‘nggi holatlarini o‘rganib, muomala haqida o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, 


75 
muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi, ota-onalar, o‘quvchilar) 
qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish. 
3. O‘zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan 
o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazuvchi “autogen” mashqlar asosida ishlash.
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan o‘zaro fikr 
almashish faoliyatida ko‘nikma va malakalar (ma’ruzalar, suhbatlar, kamolot yoshlar uyushmalari) 
hosil bo‘ladi. 
5. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishda salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini shakllantira-
digan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish. 
6. Xushmuomalalikka milliy an’ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona muomala madaniyati, 
milliy ma’naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish. 
7. O‘z ona tilida puxta, lo‘nda va jarangdor so‘zlar tuza olish va uni nutqiy mahorat bilan 
ifodalash. Ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan har bir fan o‘qituvchisi uchun eng zarur 
kommunikativ qobiliyatlardan biridir. 
Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedagogik faoliyat olib borish o‘qituvchi kasbiga oid 
shaxsiy fazilatlardan biri bo‘lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni shakllantiradi. O‘qituvchi 
kasbiy faoliyati davomida nutqidagi so‘z qudratini takomillashtirib boradi. U o‘zbek tilining boy 
imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali so‘z boyligini go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan 
bo‘lishiga intiladi.
Zero, go‘zal va ta’sirchan so‘zlay bilish ham san’at. Bu san’atdan bebahra bo‘lgan 
o‘qituvchining kasbiy mahorati shakllanmaydi. 

Download 6,92 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik nutq quyidagilarni ta‘minlab berishi mumkin

Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish