61
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki internet ta’limi uchun
tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini
beradi;
- o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan matereallarni izlash, topish hamda muammoli
masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirish, misollar yechishi, insho, bayon yig‘ilish
ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil
etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan
muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan “qo‘llab-quvvatlovchi axborot”ini ko‘pay-
tirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi
axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikat-
siya tizimlari qabul qilingan.
Zero, axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalari tizimiga tatbiq etish o‘quv jarayonida
zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashga hamda o‘qituvchi pedagogik mahoratini namoyish
etishga keng imkoniyatlar ochadi.