|
Tashkilotchilik qobiliyatiBog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Tashkilotchilik qobiliyati:
pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. birinchidan o‘quvchi-
lar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarini hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o‘z ishini to‘g‘ri
uyushganligini nazarda tutadi. O‘z ishini tashkil etish deganda ishni to‘g‘ri rejalashtira olish va uni
nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtni o‘ziga xos his etish ishlanmasini
vaqtga qarab to‘g‘ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo‘ladi. Dars
davomida, kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari uchrab turadi. Ammo tajribali o‘qituvchi
zarur hollarda darsning rejasini o‘zgartira oladi.
U sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to‘garaklarga jalb qila
olishida, sinf jamoasining har bir o‘quvchiga faol vaziyatni ta’minlab berishida namoyon bo‘ladi.
Obro‘ orttira olish qobiliyati
- o‘quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko‘rsatish
va shu asosda obro‘ orttira olishdir. Obro‘ faqat shu asosdagina emas, balki o‘qituvchining fanni
yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hokazolar asosida ham qozoniladi. Avtoritar qobiliyatlar
o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat’iyligi,
talabchanligi va hokazolar), shuningdek, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini his
etishga o‘zini haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o‘quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham
bog‘liq. O‘quvchilar qo‘pollik qilmaydigan, qo‘rqitmaydigan, to‘g‘ri talab qo‘ya oladigan
o‘qituvchini hurmat qiladilar.
Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati
– o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘rishda,
o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni
tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib
bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning
qudratiga, odamga ishonish bilan bog‘liq bo‘ladi.
|
| |