|
Diqqatni taqsimlash qobiliyatiBog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Diqqatni taqsimlash qobiliyati
– o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari hajmi,
kuchi, idora qilina olishi ham taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
Anglash (tushunish) qobilivati
: o‘qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi, voqea va
hodisalarni chuqur idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo‘lishi. Pedagogik qobiliyatlarning
tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra bilish ko‘nikmasidir Bu – individual narsaning o‘ziga
xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demakdir. Rassomning
kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan.
Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli har biri o‘z tafakkuri va
dunyoqarashiga ega.
Tushuntira olish qobiliyati
–
o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib
bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o‘quvchilarda
mustaqil ravishda faol qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir.
O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab
narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi darkor.
O‘qituvchi o‘quvchining mustaqil fikrlashini rag‘batlantira oladi. O‘quvchilar ruhiyatini
hisobga olib borish bu qobiliyatlarga asos qilib olinadi. Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning bilim
va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va nimani bilmasliklarini, nimani
unutib qo‘yganliklarini tasavvur etadi. Ko‘pchilik o‘qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi katta
o‘qituvchilarga, o‘quv materiali oddiy tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek
tuyulmaydi.
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, u kattalarga aniq va
tushunarli bo‘lgan narsaning o‘quvchilarga tushunarsiz va mavhum bir narsa bo‘lishi mumkin
ekanligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishni xarakter va shaklini alohida o‘ylab
chiqadi hamda rejalashtiradi.
Qobiliyatli o‘qituvchi materialni bayon etish jarayonida turli o‘quvchilarning tushuntirila-
yotgan materialni qanday o‘zlashtirayotganlarini qator belgilar asosida to‘g‘ri aniqlab oladi va
zarurat tug‘ilgan hollarda bayon qilish usulini o‘zgartiradi. Shuningdek qobiliyatli o‘qituvchi
o‘quvchilarning saboqni o‘zlashtirib olishlari uchun zamin tayyorlab, ularning dam olishdan ishga
o‘tishlari bo‘shashish, lanjlik, loqaydliklariga barham berish uchun minimal darajada vaqt ajratish
zaruratini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelmagunga qadar ish boshlamaydi. Masalan,
darsning haddan tashqari zo‘riqish bilan va kuchli boshlanishi o‘quvchilarda muhofaza qiluvchi
tormozlanish deb atalmish holatiga sabab bo‘ladi, miya faoliyati tormozlanadi va o‘qituvchining
so‘zlari yetarli darajada idrok qilinmaydi.
Pedagogik-psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik
qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin.
Falsafada qobiliyat; uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan-naslga o‘tuvchi jarayon sifatida
talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida
|
| |