• “lntellekt – lotincha intellectus-anglash, tushunish, egallash. Individdagi aqliy qobiliyatlar- ning nisbatan mukammal tuzilishi. “lntellekt
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    Kreativ 
    ijodkorlikda o‘qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi nazariyalami yaratadi, 
    o‘z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‘qituvchilargina bilimga erishishi 
    mumkin. 
    Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil 
    etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui insonning iste’dodi 
    deyiladi. Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig‘indisi, iste’dodining yuksak 
    cho‘qqisi – unin intellektini belgilaydi. 
    Kreativlik
    (ijodiy qobiliyatlar). Ko‘rsatib o‘tganimizdek birgina IQ (intellekt koeffitsienti) 
    asosida kishini ishga qabul qilish, uning imkoniyatlarini baholash noto‘g‘ri bo‘lar edi. Shu sababli 
    50 yillardan boshlab aqliy rivojlanishni o‘rganish bilan bir qatorda kishining ijodiy qobiliyatlarini 
    ham o‘rganish va o‘lchashga katta e’tibor berib boshlandi. Bu borada maxsus testlar yaratildi. 
    “Intellekt”
    tushunchasi ko‘proq psixologiyadagi konvergent tafakkur tushunchasiga mos 
    keladi - birdan-bir to‘g‘ri javobni izlash va unga keltirishga yo‘nalgan. 


    41 
    “lntellekt 
    lotincha intellectus-anglash, tushunish, egallash. Individdagi aqliy qobiliyatlar-
    ning nisbatan mukammal tuzilishi.
    “lntellekt 
    – 
    bu aqlan ish ko‘rish, ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni mohirona hal 
    qilishning global qobiliyati ” (Veksler), 
    ya’ni intellekt insonni atrof muhitga to‘liq moslasha olish 
    qobiliyati deb qaraladi. 
    “Kreativlik” tushunchasi esa ko‘proq divergent tafakkur tushunchasiga mos keladi. Divergent 
    tafakkur, bu turli tomonlarga tarmoqlanuvchi, bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlarga tarqaluvchi, 
    ko‘plab yechim variantlarni yaratishga yo‘nalgan tafakkur. Shu sababli divergent tafakkur 
    kutilmagan natija va yechimlarga olib keladi. 
    Ijodiy qobiliyatlarni (kreativlik) baholashda berilgan vazifani yechishning “yengilligi”, 
    “moslashuvchanligi va egiluvchanligi”, “orginalligi”ga e’tibor beriladi. 
    Kreativlik (umumiy ijodiy qobiliyat) bilimlarni o‘zgartirishni xarakterlaydi. 
    Kreativlik xayol, fantaziya, gipoteza (faraz) qo‘yish jarayonlari bilan bog‘liq. 
    Intellekt esa o‘zlashtirilgan bilimlarni amalda qo‘llash, mavjud bilimlarga tayanib masalani 
    hal qilish (test intellekti)dan iborat. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish