|
Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushunchaBog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 23.1. Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha
Yuzta o‘qituvchi yolla, lekin o‘zing
o‘zingni majburlata olmasang,
o‘zingdan o‘zing talab qila
bilmasang, ularning hech biri
senga yordam bera olmaydi.
V.D. Suxomlemskiy
Qobilyat – shaxsning individual psixik xususiyati bo‘lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati
va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart- sharoitini ifodalovchi individual psixologik
sifatlar yig‘indisidir. Pedagogik qobiliyatlar tarbiyasi birinchi bo‘lib, XIX asr o‘rtalarida paydo
bo‘ldi.
Desterverg birinchi bo‘lib pedagogik qobiliyat, pertseptiv qobiliyatlar haqida gapirib bu
masalaga e’tiborini qaratdi. U pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat’iy
erkinlikka e’tibor berdi.
U o‘qituvchining bilim orttirishlik qobiliyati tushunchasini ilgari surdi. So‘ngra XIV asrning
II-chi yarmida P.G.Redkin “axloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari so‘rdi.
K.D.Ushinskiy
“Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo‘li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga
esa faqat ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin”
.
L.N.Tolstoy:
“Tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira
to‘xtamay o‘zlarini tarbiyalay bilishlari kerak”.
A.S.Makarenko
o‘z tajribasiga asoslanib, “agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u
o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lsa, u yaxshi pedagog bo‘lishi mumkin”
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning
psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy
shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va
maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat
mukammallashib va rivojlanib boradi.
Shundаy qilib, qоbiliyatlаr individuаl psiхоlоgik хususiyatlаr bo‘lishi bilаn birgа:
а) ulаrni shахslаrning mаvjud bоshqа хususiyatlаrigа, аqliy sifаtlаrgа, хоtirа хislаtlаrgа,
хаrаktеr fаzilаtlаrigа, hissiy kеchinmаlаrigа vа bоshqаlаrgа qаrаmа-qаrshi qo‘yish mumkin emаs;
b) shuningdеk, qоbiliyatlаrni shахsning mаzkur хususiyatlаri bilаn qаtоrgа qo‘yish, ulаrni
аyniylаshtirish hаm nuqsоnlаrni kеltirib chiqаrаdi.
Qobiliyat insonni hayotiy faoliyati davomida shakllanadi. Taniqli olim Govard Gardner
qobilyatlarni intellektlar to‘plami deb ta’riflagan. Bizga ma’lumki, bilim bu ilmiy mutolaalar
natijasidir. Qobilyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatdir.
Qobilyat bilim olish uchun shart-sharoit yaratadi. Tug‘ma qobilyat zehn deb atalsada, iqtidor,
iste’dod, donolik-insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlarning rivojlanish
bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan
sifatlaridir.
|
| |