34
yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa. nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil
fisq ishlarni qilish mumkin, balki halol desa, qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar
ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa, bu mudarris emas, yomon odatni tarqatguv-
chidir”.
Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatini eng murakkab va mashaqqatli ish ekanligini xolisona
baholaydi: “Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli
kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi”.
Shunisi ham borkim, u to‘dada fahm-farosati o‘lar ham bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha
nashaqqat qilsa qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarda uning haqqi ko‘pdir. Agar
shogird podshohlikka erishsa unga (muallimga) qulluq qilsa arziydir”.