31
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniy
(973-1048) Sharq Uyg‘onish davrining qomusiy olimlaridan
biri, tarbiyashunos olim, umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy
fanlar rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan buyuk aql-zakovat
sohibidir.
Alloma asarlarida ta’lim-tarbiya birligi va axloq masala-
lariga yetuk tarbiyashunos olim sifatida yondashgan, chunonchi,
“Minerologiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar’’,
“Hindiston” kabi asarlarida pedagogika va psixologiyaga oid
noyob fikrmulohazalarim va ma’rifiy-didaktik qarashlarini
bayon etdi.
Bolalarni maktabda o‘qitish va tarbiyalash jarayonida dunyoviy fanlami bir-biri bilan bog‘lab
turli mavzularda mulohazalar yuritishni ta’kidlab: “Bizning maqsadimiz o‘quvchilarni toliqtirib
qo‘ymaslikdir, bir mavzuni qayta qayta takrorlab o‘qib berish o‘quvchini zeriktiradi, xotirasini
susaytiradi. Agar o‘quvchi bir mavzudan boshqa bir yangi mavzuga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman
bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar o‘tmas, boshqa bir bog‘ boshlanadi.
Bola ularning hammasini ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa bolaga rohat
bag‘ishlaydi, deb behuda aytilmagan”, – deydi. Beruniy mamlakatning obodonligi ilm-fanning
ravnaqi tufayli deb aytadi, yoshlaming baxt-saodati va kamoloti esa ularga bilim va ma’rifat
beruvchi mudarrislarga bog‘liq deb ta’kidlaydi. Ilm va ma’rifat sari intiluvchi tolib va mudarrislarga
deydiki: “Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini o‘ldiruvchi illatlardan, odamni ko‘r qilib
qo‘vadigan nafs va turli buzg‘unchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf-odatlardan, hirsdan,
raqobatdan, ochko‘zlikni quli bo‘lishdan ozod bo‘lmog‘i darkor”.