28
Pedagogik mahoratning biz yuqorida ko‘rib chiqqan tarkibiy qismlari, uni tuzilmaviy
xarakterga ega ekanligini anglatadi. Pedagogik mahoratning yaqqol tashqi belgilari: faoliyatni aniq
maqsadga yo‘naltirilganligi, vazminlik, mulohaza yuritish, o‘quvchilar bilimini puxtaligi, eng
maqbul vositalarni tanlanganligi, o‘z faoliyatiga ijodiy yondashuvidir.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta’lim va tarbiya metod-
larini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o‘z
o‘quvchilarini turli o‘quv faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan o‘quvchilarda muayyan bilim, ko‘nikma,
malakalar va xulqni shakllantiradi.
Lekin aynan bir xil metod bilan ishlagan turli o‘qituvchilarning erishgan natijalari ham
turlicha bo‘lishi aniqlangan. Buni sinovdan o‘tkazilgan metodlardan foydalangan bo‘lsalarda, ayrim
o‘qituvchilar, hatto eng quyi darajadagi o‘zlashtirish natijalariga ham erisha olmaganlar. Bunday
o‘qituvchilar: “Hamma narsani metodik tavsiya asosida bajardim, nima uchun bolalar mavqiy
solish, qaysarlikni va dars tayyorlamaslikni yana davom ettirmoqdalar?” – deb hayron bo‘ladilar.
Gap shundaki, o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o‘qituvchi tomonidan tanlangan
metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha qismlardan
tashkil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahoratni “pedagogik sistema” sifatida tasavvur
qilinadi va u quyidagicha ta’riflanadi:
“Pedagogik mahorat shaxs sifatlari majmui va o‘qituvchi tomonidan professional-pedagogik
faoliyatni mustaqil ravishda yuqori saviyada tashkil etishni ta’minlash bo‘lib, u pedagogni o‘z
faoliyati mohirligining eng yuqori cho‘qqisiga erishganligini bildiradi”.
Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagogik mahorat – bu pedagogik faoliyatning barcha turlarini
eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti va har tomnlama rivojlantirish
maqsadlariga yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarash qobiliyatni shakllantirish va ularda ijtimioiy
zarur mehnatga moyillik uyg‘otishdir.