24
-psixologik kompetentlik
– pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish,
talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli
salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
- metodik kompetentlik
– pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim
yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay
olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
- informatsion kompetentlik
– axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni
izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
- kreativ kompetentlik
– pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish,
o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
- innovatsion kompetentlik
– pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini
yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish,
ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
- kommunikativ kompetentlik
– ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar
bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.