• - ekstremal kompetentlik
  • Pedagoglarda kreativ sifatlarning shakllanishi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    - shaxsiy kompetentlik
    – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib 
    borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish. 
    - texnologik kompetentlik
    – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni 
    o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish. 
    - ekstremal kompetentlik
    – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan 
    chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish 
    malakasiga egalik. 
    4-rasm. Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati

    Kompetentlik va kreativlik tushunchasi har doim pedagog faoliyatida yetakchi o‘rin egallaydi. 
    Bu ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib bir-birini to‘ldirib keladi. 

    Kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui”deb ta’rif bergan Ken Robinson. 
    Pedagoglarda kreativ sifatlarning shakllanishi 
    bugungi kunda jahon miqyosida rivojlanish-
    ning global va ustuvor vazifalaridan biri hisoblanmoqda. Shu bois Respublikamizda ta’lim sifatini 
    oshirish, o‘quvchilarga zamonaviy talablar asosida bilim berish, zamonaviy axborot texnologilari-
    dan foydalanish, o‘quvchilarning kreativ va ijodiy fikrlashi har bir jarayonga to‘g‘ri yondosha olishi 


    25 
    muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim 
    konsepsiyasida “sifatli ta’lim olish va ijodiy qobiliyatni rag‘batlantirish” dolzarb vazifa sifatida 
    belgilandi. 
    O‘zbekiston Respublikasi “Harakatlar strategiyasida” “Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan 
    rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni 
    tarbiyalash” kabi vazifalarni belgilab berilgani o‘quvchilarda ta’lim jarayonida har bir jarayonga 
    ijodiy, mustaqil fikrlashi samaradorligini oshirish kerakligini bildiradi. Ayniqsa, mamlakatimizning 
    har bir jabhasida faoliyat yuritayotgan shaxs, har bir faoliyatga har bir munosabatlar yechimiga 
    yangiya, ijodiy nuqtai nazardan qarashi o‘z kasbining yetuk mutaxassisi ekanligidan dalolat beradi. 
    Beixtiyor atrofga boqsangiz, har tomonlama insoniyatning beqiyos ijodkorlik bilan yaratgan 
    namunalariga duch kelasiz. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy qo‘yingki barcha 
    jabhalarida ajoyib go‘zallik, yaratuvchanlikka guvoh bo‘lasiz. Ayniqsa, bu ta’lim sohasida yaqqol 
    namoyon bo‘ladi.
    Xo‘sh kreativlik o‘zi nima? Uning kasbiy faoliyatidagi o‘rni qanchalar ahamiyatli va muhim 
    sanaladi?
    Pedagogik enseklopediyada yozilishicha

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish