20
II BOB. PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY KOMPONENTLARI
2.1 Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari
O‘rtacha o‘qituvchi mavzuni gapirib beradi
Yaxshi o‘qituvchi mavzuni tushuntirib beradi
Zo‘r o‘qituvchi mavzuni ko‘rsatib beradi
Buyuk o‘qituvchi mavzuga ilhomlantiradi.
Uilyam Artur
Pedagogik mahorat
– kasbiy faoliyatni o‘z-o‘zini tashkil etishning yuqori darajasini
ta’minlaydigan shaxsiy xususiyatlari majmuasi.
Pedagogik
mahorat – bu o‘qituvchi-tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi,
insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi,
zukkoligi, fidoiyligi, ijodkorligi,
eruditsiyasi va h.k.), fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z fanini chuqur va atroflicha
bilishida, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarligida, o‘quvchi-yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash
va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab-topib amaliy faoliyatida qo‘llashida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi faoliyatining insonparvarlik yo‘nalishi, uning kasbiy bilimlari, pedagogik qobili-
yatlari va pedagogik texnika. Pedagogik mahorat-bu shaxsiy tarkibida o‘z-o‘zini
tashkil etuvchi
tizim bo‘lib, u yerda insonparvarlik yo‘nalishi asosiy omil bo‘lib, pedagogik jarayonni yaratishga
imkon beradi.
O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirish uchun asos bo‘lib, unga chuqurlik, qat’iyatli-
lik, harakatlarning ma’nosini beradi, professional bilimdir.
Rus pedagogi A.S.Makarenko o‘qituvchining pedagogik mahorat uslubini, pedagogik
muloqot uslubini o‘rganish zarurligini ta’kidladi: “
inson yuzida o‘qishingiz kerak. Hech qanday
hiyla-nayrang, ruhiy harakatlarning ayrim belgilari haqida shaxsan bilish uchun sirli narsa yo‘q.
Pedagogik mahorat o‘qituvchining ovozini va yuzini boshqarishda yotadi. O‘qituvchi o‘ynashi
mumkin emas. Qanday o‘ynashni bilmagan o‘qituvchi bo‘lishi mumkin emas
”.
Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘z o‘quv predmetini davr
talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini o‘zlashtirishi hamda insoniylik
va fidoiylikni o‘zida tarkib toptirishga intilishi lozim. Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki,
o‘qituvchilik kasbi murakkab va qiyindir.
Ushbu kasbning qiyin va murakkabligi shu bilan belgilanadiki,
u doimo tirik, ongi jonzot
bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa ham aqliy, ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan
doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchi bilan doimo muloqotda bo‘lish, unga ta’sir
ko‘rsatish, undan psixologiya, tarbiya nazariyasini mukammal bilishni taqozo qiladi. Bu
o‘qituvchidan pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lish lozimligini ta’kidlaydi.
21
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o‘qituvchining
doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi
haqida gapirib, shunday degan edi: “O‘qituvchi muntazam
ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Aks holda и qurigan
daraxt va toshga o‘xshab qoladi. qurigan daraxt va tosh meva
bera olmaganidek, kelajakda bunday o‘qituvchidan hech qanday
natija kutib bolmaydi ”
Demak, pedagogik mahorat yaxlit sistema sifatida quyidagi
tarkibiy qismlardan iborat:
- pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat
yo‘nalishlari va ideallarining oliy maqsadga-barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltiril-
ganligi;
-
mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan professional
bilimlarga ega bo‘lishi; pedagogik qobiliyatga ega bo‘lishi (muloqotga moyillik, ishchanlik,
kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy musaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (“yuzidan
uqib olish”);
- pedagogik texnikani egallashi, ya’ni o‘z-o‘zini boshqara olishi, o‘zaro ta’sir
etish va
hamkorlikda ishlashni uddalashi.
Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishga ega bo‘lishi:
- o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ayrim masalalarni – o‘zini o‘quvchi o‘rnida sezib hal etishi,
adolatli bo‘lishi;
- barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirishda ifodalanadi. O‘z davrida Ibn Sino ham
o‘qituvchi shaxsida halollik, adolat, poklik, mehnatsevarlik, fidoyilik, odamgarchilik kabi xislatlarni
qadrlagan.
Professional bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashkil qiladi. Pedagog bilimi, bir
tomondan u dars berayotgan fan to‘g‘risidagi
bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o‘zlashtirayot-
gan o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi.
O‘zi dars berayotgan fanni, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlaridan
puxta bilimga ega bo‘lishi, pedagog professional bilimlari mazmunini tashkil etadi. Professional-
pedagogik bilimlarni o‘ziga xosligi, ularni kompleks xarakterga ega bo‘lishi va har bir o‘quvchida
shaxsiy “ohang” kasb etishidir.
Professional bilimlar negizida pedagog xatti-harakati va xulqining asosini tashkil etuvchi
pedagogik prinsiplar va qoidalar vujudga keladi. Bu prinsip va qoidalarni har bir pedagog o‘z
tajribasiga tayangan holda yaratadi, lekin ularning qonuniyatlarini ilmiy bilim yordamida aniqlaydi.
Bu bilimlar doimo takomillashib borishi zarur.
Pedagogik mahorat egasi kam kuch (mehnat) sarf qilib katta natijaga erishadi.
Ijodkorlik
uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik
mahorat bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan
bo‘lishi lozim. Shu ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi
katta ahamiyatga molik bo‘ladi.
Pedagogik mahoratni egallash uchun o‘qituvchi doimo o‘z ishini tahlil qila bilishi, o‘ziga
o‘quvchilar nazari bilan qaray olishi va kamchiliklarni tuzatish uchun
tinimsiz izlanishi zarur
o‘qitish jarayonida pedagog o‘z faoliyatining samarali bo‘lishi uchun pedagogik texnologiyani
yaxshi bilishi, uning yangi-yangi yo‘llarini yarata oladigan va ijodiy ishlaydigan pedagogik mahorat
22
egasi bo‘lishi zarur. O‘qituvchi pedagogik mahoratga erishish uchun: pedagogik takt va hodisalarni
umumlashtira olishi, o‘zining va o‘quvchilarning faoliyatini boshqara olish qobiliyati, yuqori bilim,
malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Demak, o‘qituvchi – o‘quvchining shaxsiy faolligini har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltira
olishi zarur.Ya’ni; bir qancha rollarni bajara olish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor,
edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalaridir.