|
Pedagogik mahorat fanining vazifalariBog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Pedagogik mahorat fanining vazifalari:
tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini ochib
boradi;
tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o‘rtasidagi bog‘la-
nishlarni ko‘rsatadi;
shuningdek, pedagogik mahorat fani o‘z taraqqiyoti davomida ta’lim-tarbiya sohasidagi
tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo‘llarini yoritib beradi,
tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko‘rsatadi.
Bu fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarining yengishga
qodir bo‘lgan nufuzli rahbarlik bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi
nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik,
ilmiy tahlil, hayol va fantaziyaga bo‘lgan qobiliyat mujassamdir.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika
sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko‘proq natijalarga erishish
imkonini beradi.
Har bir mohir pedagogning shunday zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalarni
shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur masalalarni hal qilish pedagogdan odatdan tashqari kuch-
g‘ayratni, qat’iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi
jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql-idrokni bir vositani
boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi.
A.S.Makarenko aytganidek, “Agar pedagog mahoratni
egallamas ekan, agar u bolalar muhitidagi ilg‘or kuchlarga
tayana olmas ekan, ularning o‘stirishini rag‘batlantirib, eng
yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar
ravishda shaxsiy ta’sir ko‘rsatishni mo‘tloqlashtirib boradi,
ya’ni o‘ziga eng oson yo‘lni tanlaydi.
Chinakam mahorat bilan obro‘talablik bir-biri bilan
sig‘isha olmaydi. Agar chinakam mahoratli pedagog hamma
vaqt munosabatlar sistemasi bolalarning ijodiy kamolatiga yordam berishi lozimligini o‘ylasa
obro‘talab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, ularning so‘zsiz quloq
solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka ko‘maklashadi.”
|
| |