-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

45-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari 
Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va 
obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, o‘z huquq va 
qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik 
obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilar-
ning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek, ushbu pedagog xodim-
larning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega: 
- o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish; 
- o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, 
- o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, 
- shuningdek, tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik 
ko‘rsatish; 
- zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash 
hamda ulardan foydalanish; 
- kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab 
qilish; 


14 
- o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan bepul 
foydalanish; 
- davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va 
o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; 
- ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok 
etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
- ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek, ta’lim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq 
masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish; 
- kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a‘zosi bo‘lish, xodimlarining vakillari 
bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish; 
- o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun 
pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish; 
- o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish; 
- davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim muas-
sasalari va tashkilotlari uchun); 
- ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish. 
Pedagog xodimlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday 
boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi. 

Download 6,92 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari

Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish