11
Ta’lim
dunyoni
o‘zgartirishga
qodir
bo‘lgan eng kerakli
quroldir.
Nelson Mondello
mumkin. Son tushuncha-larini kengaytirish aksiomatik sxemasi, algebrik strukturalar, nazariy
guruhli algebrik
prinsiplarni, chiziqli, vektorli fazo tushunchasini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Oddiy qilib aytganda, nimani o‘qitish, qancha hajmda o‘qitish, nima uchun o‘qitish va qanday
usulda o‘qitish, qanday o‘qitsa yaxshi natija beradi degan savollarga hamisha javob bera olishi
shart.
1.2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida pedagogik faoliyatni
tashkil etishga qo‘yilgan talablar
Respublikamizda kasb tayyorgarligi
bor va yuksak axloqiy
fazilatlarga
ega
bo‘lgan
shaxslar
pedagogik
faoliyat
bilan
shug‘ullanishi kerak ekanligi bugungi kunimizning dolzarb
vazifalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan
tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-
tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini”,
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-
quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 172-bandida “Ta’lim to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab
berildi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida yigirmadan ortiq xorijiy davlatning (Rossiya,
Janubiy Koreya,
Germaniya, Italiya, Angliya, AQSh, Fransiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya,
Hollandiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va b.) ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari o‘rganildi va
ularning ilg‘or tajribalari inobatga olindi.
30 ga yaqin manfaatdor vazirlik va idoralar, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq
mutaxassis va 100 dan ortiq fuqaro qonun loyihasi bo‘yicha fikr va mulohaza, takliflarini bildirdi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim
sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Takliflarning aksariyati ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimiga, shuningdek,
ta’lim sifatini yaxshilashga, muallimlarning obro‘- e’tiborini oshirishga, ularning ijtimoiy himoya-
siga qaratilgan.
Yangi tahrirda ishlab chiqilgan qonun loyihasida