• 1. O‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari va mutaxassislikka doir bilimlar: G‘oyaviy sohada
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    O‘qish –
    mehnat faoliyatiga tayyorgarlikning o‘ziga xos bosqichidir. Faoliyat turi sifatida u 
    o‘ziga xos ijtimoiy boylik hisoblangan bilimlarni egallash, muayyan ko‘nikma va malakalarni hosil 
    qilishga qaratilgan. O‘qishning mustaqil faoliyat turi bo‘lib ajralib chiqishi, inson mehnatining 
    to‘xtovsiz murakkablashib borishi, foydalanishi uchun chuqur bilim, ko‘nikma va malakalar talab 
    qilinadigan tobora murakkablashib borayotgan ishlab chiqarish vositalarining joriy qilinishi 
    natijasida sodir bo‘ladi. O‘qish hamisha iroda kuchini, zo‘r berib ishlashni va kuch sarflashni talab 
    etadi 
    Mehnat
    – bu moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishga qaratilgan faoliyat jarayonidir. 
    Ijtimoiy mehnat jarayonida inson hayvonlar olamidan ajralib chiqdi. Mehnat insoniyatning yashashi 
    va rivojlanishi, shuningdek, har bir ayrim shaxsning psixik kamol topishi uchun muhim vosita 
    bo‘ldi. Inson faoliyatidagi mehnat esa aqliy va jismoniy mehnatdan iborat. 
    Shu o‘rinda, o‘qituvchining pedagogik faoliyati bevosita uning qobiliyati bilan ham 
    bog‘liqdir. 
    O‘qituvchining tarbiyada va o‘qitishda yuqori darajaga erishishi va uni doimo takomillashtirib 
    borish imkoniyatini ta’minlovchi san’at bo‘lib, bolaga mehr qo‘yganda o‘z kasbini sevgan va har 
    bir o‘qituvchining ish natijasi – bu pedagogik mahoratdir. 
    Demak, o‘z ishining ustasi bo‘lgan pedagog bu yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini 
    chuqur biladigan, fanning yoki san’atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash 
    va o‘qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir.
    Demak, pedagogning pedagoglik faoliyati bir qancha bilimlar bilan boyitilishi nazarda 
    tutiladi: 
    1. O‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari va mutaxassislikka doir bilimlar: 
    G‘oyaviy sohada
    : ilmiy dunyoqarash va mustahkam e’tiqod, extiyoj va axloqiy zaruriyatlarni 
    chuqur tushunish, ijtimoiy fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy-siyosiy faollik; 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish