7
I BOB. PЕDАGОGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA
O‘QITUVCHI MAHORATI MASALALARI
1.1 Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari
“Bugun har bir o‘qituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi
ta’lim va ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi ijobiy
yangiliklarni o‘quv jarayonlariga tatbiq eta
oladigan,chuqur bilim va dunyoqarash
egasi, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz
va jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari
bo‘lishlari kerak”.
Shavkat Mirziyoyev
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning bevosita g‘amxo‘rliklari tufayli tarbiyashunoslik fani
milliyligi har sohada ustuvor bo‘lmoqda. Shu aqidalarni o‘zida mujassamlashtirgan pedagogika fanining
tarmoqlari, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi fanlar tizimi kengayib bormoqda.
Bugungi kunda o‘qituvchi va tarbiyachi pedagogik bilimlarni rivojlantirishi, boyitishi, chuqurlash-
tirishi va mustahkamlashi lozim. Pedagogik vazifalar va ularni hal etishda o‘qituvchi iste’dodli,
qobiliyatli ham mahoratli bo‘lishi talab qilinadi.
Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z
xususiyatlari bilan bir-
biridan ajralib turadi.
Eng avvalo
,
pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini tushunishiga harakat qilamiz. Ular
quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatning
natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol
toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.
Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligini (ketma-ketligini) ta’minlaydi,
bir avlod
tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy
tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq.
Bunda pedagogik
maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga erihishi osonlikcha bo‘lmaydi. Pedagog o‘z
faoliyati maqsadini va unga erihish yo‘llarini aniq tasavvo‘r qilish va maqsadga erishish o‘quvchilar
uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olish zarur.