5
KIRISH
“O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini
yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va
murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak
baholarga munosibdir”.
Shavkat Mirziyoyev
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini
oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash
siyosatini davom ettirish”, bo‘lajak mutaxassis larni kasbiy-ijtimoiy tayyorgarligini oshirish, sifatli
raqobatbardosh kadrlar qilib o‘qitish, jahonning yetakchi ilmiy-amaliy muassasalari bilan yaqin
hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bugungi kunning muhim va dolzarb
vazifalardan biri sifatida
o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasinining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida “Kasb tayyorgarligi bor va
yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga
ega” ekanligi hamda hozirgi kunimiz talabi bo‘yicha o‘qituvchiga qo‘yilgan talablar ham kengayib,
mo‘rakkablashib borayotgani bunga yaqqol dalil bo‘la oladi.
Xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning bevosita g‘amxo‘rliklari tufayli tarbiyashunoslik
fani milliyligi xar sohada ustivor ekanligi, shu aqidalarni o‘zida mujassamlashtirgan pedagogika
fanining tarmoqlari, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi fanlar tizimi ham kengayib bormoqda. Har bir
o‘qituvchi va tarbiyachi pedagogik bilimlarni rivojlantirishi, boyitishi, chuqurlashtirishi va mustahkam-
lashi, pedagogik vazifalar va ularni xal etishda o‘qituvchi iste’dodli, qobiliyatli, ham mahoratli bo‘lishi
talab qilinadi.
Jamiyatimizdagi global o‘zgarishlar, fan-texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning
kun sayin rivojlanib borishi, pedagogdan o‘z
ustida tinmay ishlashi, ijodkorligi, yosh avlodga
yuksak mahorat bilan yondoshishni talab etadi.
O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini ta’kidlar ekanmiz, avvalo, yoshlarni shunday
ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib tarbiyalash o‘qituvchi va tarbiyachilarning fidokorona
mehnati bilan bog‘liqligini chuqur anglashimiz lozim.
Shuni anglashimiz kerakki, hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-
ma’naviy sifatlarga ega bo‘lgan, chuqur bilim va mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘quvchilarda
bilimga qiziqish va ishtiyoqni tarbiyalash, ularni hozirgi zamon dunyo taraqqiyoti darajasida
bilimlar bilan qurollantirish kerak. Shu bilan birga o‘qituvchi
yosh avlodni hayotga, ongli mehnat
va kasb tanlashga tayyorlashi, ularning axloqiy, huquqiy, etik va estetik bilim va mahoratlarining
rivojlanishiga e’tibor qaratishi lozim. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik
mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik ishga qobiliyatli, ijodkor, iste’dodli kishidagina pedagogik
mahorat bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar
kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida o‘qituvchilarni ulug‘lab, sharaflab shunday
deydilar: “Bugun har bir o‘qituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi ta’lim va ilm-fan sohasidagi eng
so‘nggi ijobiy yangiliklarni o‘quv jarayonlariga
tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash
egasi, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lishlari kerak”.
Darqaqiqat bugungi kunda har bir o‘qituvchi va tarbiyachi pedagogik bilimlarni
rivojlantirishi, boyitishi, chuqurlashtirishi va mustahkamlashi, o‘z kasbiy kompetentlikka erishishi
va uni izchil ravishda oshirib borishi shart.
6
Jumladan, ta’lim tizimida ham. Mamlakatimiz ta’lim siyosatining asosiy vazifasi uning asosiy
mohiyatini
saqlab qolish va shaxs, jamiyat va davlatning dolzarb va istiqboldagi ehtiyojlariga
muvofiqligi asosida zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Bu kabi islohotlardan
ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, ularning bilim
doirasini kengaytirish, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir.
O‘qituvchi mahorati uning faoliyatida ko‘rinadi. Pedagogik mahorat – pedagogik faoliyatni va
vaziyatni mohirlik bilan boshqarishdir. Pedagogik mahoratning asosi esa pedagogik bilimdonlikdir.
“Pedagogik mahorat” fanining maqsadi – mahoratli, professional pedagogni tarbiyalash.
O‘qituvchining mahorati – bu uning ijodkorligi, intiluvchanligi, ta’lim
jarayonida har xil
original g‘oyalarni izlab topishi, yo‘qdan bor qilish layoqatidir.
Shu maqsadda, “Pedagogik mahorat” kursi o‘qituvchilarni ilmiy – metodik va amaliy jihatdan
tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi. Uning asosiy yo‘nalishlari: pedagogik ijodkorlik, pedagogik
topqirlik, pedagogik muloqot, o‘qituvchining professional sifatlari, o‘qituvchi nutqi, uning
o‘quvchiga har tomonlama ta’sir
etish mahorati, muomala odobi, muloqot madaniyati, pedagogik
texnika hamda o‘qituvchining tarbiyachilik mahoratidan iborat.
Demak, kreativlik – bu noodatiy fikrlash, bizga yod bo‘lgan steriotiplardan voz kechish. Bir
qarashda qiyin bo‘lgan muammoga ijodiy yondoshishishdir. Biz o‘ylaymizki, sizning qo‘lingizdagi
ushbu o‘quv qo‘llanma sizning ijodiy fikrlashingizga qo‘l keladi. O‘quv qo‘llanmada nostandart
testlar, g‘arb va sharq olimlarning fikrlari, aforizmlar va ibratga molik so‘zlar, fikrlar o‘rin olgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan tasdiqlangan “Umumiy pedagogika” fanining namunaviy fan dasturidagi “Pedagogik
mahorat” qismi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan
va shunga muvofiq
tayyorlangan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogik mahorat, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni,
pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahorati, o‘qituvchi faoliyatida pedagogik
qobiliyat, o‘qituvchining kommunikativ qobiliyati, o‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va
psixologiyasi, muloqotni tashkil etishda umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi, o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot, pedagogik
nazokat va odob-axloq, pedagogik texnika, pedagogik
ijodkorligi haqida so‘z yuritilgan.
O‘quv qo‘llanma o‘zbek tiliga asoslangan lotin alifbosida tayyorlangan bo‘lib, barcha
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.