9
Kishilarning ehtiyoj va qiziqishlari turli – tuman bo‘lganidek, shu ehtiyoj va qiziqishlarni
qondirishga qaratilgan faoliyati ham xilma-xil bo‘ladi. Ammo bu xilma-xillik
uchta asosiy turga
bo‘linadi:
1. O‘yin;
2. O‘qish;
3. Mehnat.
O‘yin
– inson faoliyatining ana shunday yetakchi turi hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin
orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilarning
ijtimoiy munosabatlarini, xulqini, xatti-harakat-
larini bilib oladi.
A.S.Makarenkoning fikricha “Katta yoshdagi kishining hayotida faoliyat, ish, xizmat qanday
ahamiyatga ega bo‘lsa, bola hayotida o‘yin ham xuddi shunday ahamiyatga ega. Bola o‘yinda
qanday bo‘lsa, katta bo‘lganda ishda ham ko‘p jihatdlaridan shunday bo‘ladi”.