16
Pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin
bo‘ladi:
- umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko‘rsatkichi;
- o‘zi o‘qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim;
- pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik-psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan
qurollanganlik, ulardan o‘qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana
bilish;
- o‘quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik.