O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

 
 
 
 
 
 
 
Pedagogik mahorat 
Pedagog shaxsining 
insonparvar 
yo’nalganligi 
Kasbiy bilimlar 
Pedagogik 
qobiliyat 
Pedagogik 
madaniyat va 
texnika 
Intellektual 
madaniyat; siyosiy 
madaniyat, 
axboriy 
madaniyat;
mustaqil fikrlash 
madaniyati;
muloqot 
madaniyati; nutq 
madaniyati; 
pedagogic odob; 
o’z-ozini boshqara 
olish; birgalikdagi 
hamkorlikdagi 
faoliyat 
Akademik; 
didaktik; gnostik 
(bilishga doir); 
kommunikativ; 
tashkilotchilik; 
pertseptiv; 
prognostic 
(bashoratga doir); 
suggestiv; 
ekspressiv; kreativ 
Falsafiy, 
sotsiologik, 
ijtimoiy va 
metodologik,: 
psixologik-
pedagogik: 
maxsus (ma’lum 
fanga doir); 
metodik (fanni 
o’qitish 
metodikasi); 
kompyuter 
savodxonligi; 
lingvistik 
kompetentlik 
Inson va uning 
qiziqishlari, 
ehtiyojlari va 
xohish-istaklari 
oily qadriyat; 
milly g’oya va 
mafkura asosida 
mustaqil 
fikrlovchi shaxsni 
shakllantirish; 
fuqarolik va 
vatanparvarlik; 
ijtimoiy hamkorlik 
ma’naviy va 
axloqiy yetuklik; 
tolerantlik: mehr 
va muhabbat. 
 
3-rasm. Pedagogik mahorat. 
Pedagogik mahorat o‘ziga bolalar haqidagi ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish va uning 
mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik 
madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi-tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o‘z 
kasbining chinakam ustasi bo‘la olmaydi.
“Pedagogik mahorat” fanining maqsadi pedagoglarga kasbiy ijod, mahorat malakalarini 
shakllantirish, pedagogik texnikani egallash to‘g‘risida tushuncha berishdan iborat. 
Bu maqsad quyidagi vazifalarni yechish orqali hal etiladi: 
- pedagogik mahoratning nazariy-metodologik asoslari bilan qo‘rollantirish: 
- pedagogik mahoratning pedagogik texnika, pedagogik muloqot, pedagogik nazokat, 
pedagogik qobiliyat kabi tarkibiy qismlari haqidagi malakalarni yechish: 
- pedagogik mahoratni mustaqil shakllantirish ko‘nikmalarini hosil qilish: 
- egallangan pedagogik-psixologik bilimlar asosida shaxsiy pedagogik mahoratni yaratish 
malakalarini hosil qilish: 
- o‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish uchun shaxsiy malaka oshirishning shakl, usul va 
vositalari bilan o‘qituvchi-tarbiyachi, talabalarni tanishtirish. 
Qayd qilib o‘tilganlar bevosita va bilvosita pedagogik mahoratni shakllantirish uchun vosita 
bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik faoliyat aniq ko‘rinishda bo‘lsa o‘qituvchi o‘qitish, tarbiyalash va 
shaxsiy sifatlarni rivojlantirish vazifalarini aniq hal etishga harakat qiladi. Mazkur jarayonda 
faoliyat aqliy-ruhiy jihatdan ta’sir ko‘rsatish, natijalarni nazorat qilish, tahlil qilish va baholash 
hamda yangi vazifalarni belgilash uchun tayyorlanish bilan chegaralanadi. Bilimlarni o‘zlashtirish 
natijasida o‘quvchi shaxsining shakllanishi va rivojlanishi ta’minlanadi. 


18 
Oqibat-natijada jamiyat talabi va vazifalari bajariladi. Bunday jarayonni tashkil qilish uchun 
o‘qituvchi o‘z oldiga turgan jamiyat talabiga molik bo‘lgan vazifalarni anglashi, vaziyatni 
tushunishi, har bir o‘quvchining o‘zlashtirish jarayonini rivojlantirib, shaxs darajasiga ko‘tarilish 
mezonlarini aniq ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i darkor. Bu o‘qituvchidan katta tajriba va 
bilim talab etadi. Buning uchun mahorat zarurdir. 
Pedagogik mahoratni egallagan o‘qituvchi ko‘p mehnat va kuch sarflab, yaxshi natijalarga 
erishadi. Yangilikka intilish, ijodkorlik doimo uning hamkori bo‘ladi. 
Mutaxassislarning pedagogik mahorat tushunchasi mohiyatini ochib berishga oid turlicha 
qarashlarini kuzatishimiz mumkin. 
Pedagogik mahorat – bu o‘qituvchi nutqining ravon va ta’sirchan o‘tilayotgan mavzuga 
o‘quvchi diqqatini torta oladigan, mavzuga mos ko‘rgazmalar – ijod qilib va undan unumli foyda-
lana oladigan, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa oladigan, har bir dars bolaning 
qiziqish va faoliyatini oshira oladigan kishini tushunamiz. 
Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o‘qituvchi-
lar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati 
jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.
Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya 
bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik 
texnikani o‘z ichiga oladi. 
Pedagogik mahorat – bu pedagogik (o‘quv tarbiyaviy) jarayonining barcha shakllarini eng 
qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘llantirish, 
tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan 
faoliyatga moyillik uyg‘otishdir. Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni 
puxta o‘zlashtirishdan iboratdir. 
O‘qituvchi o‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar tizimini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik 
mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o‘ynaydi. Ilmiy 
psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda 
ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe’l-atvorlarini tushunishgagina emas, balki 
bolalar jamoasi va uning har bir a‘zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. 

Download 6,92 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish