O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

“Kreativlik, ijodiylik
(lot.creation-yaratuvchanlik, 
ijodkorlik)” qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl yaratish, fikrlash, 
g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon: shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va qabul 
qilishga tayyorligini tavsiflovchi ijodiy qobiliyat. 
Falsafiy ensiklopediya lug‘atida esa kreativlik (lot. creo-ijod etmoq, yaratmoq) berilgan jarayon 
va muammolarni noodatiy ko‘rinishda yechimini topishga yo‘naltirilgan ijodiy o‘zgarishlarga 
bo‘lgan qobiliyat sifatida tavsiflanadi.
Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan 
yangilikni aks ettirishi va ma‘lum amaliy qiymatga ega bo‘lish lozim Gorvard Garner. 
Demak, kreativlik – bu noodatiy fikrlash, bizga yod bo‘lgan steriotiplardan voz kechish. bir 
qarashda qiyin bo‘lgan muammoga ijodiy yondoshish. Bugungi kunda jahon miqyosida kreativ 
fikrlovchi mutaxassis larga talab oshib borayotgani bizga sir emas. 
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari 
surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni 
aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga 
nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
J.Gilfodning fikricha esa, kreativlik va ijodiy imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga 
ta’sir etuvchi omillar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Aytishimiz mumkinki, o‘tgan asrning 60-70-yillarida pedagogikada kreativlik muammosini 
o‘rganishda keskin burilish yillari bo‘ldi. Shu davrdan boshlab kreativlik muayyan bosqichlarda 
izchil shakllantirib va rivojlantirilib borila boshlandi. 
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyat-
larni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor 
qaratishi zarur ekanligi aytib o‘tildi.
Pedagogda kreativlik o‘z-o‘zidan shakllanib, rivojlanib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati 
ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin 
takomillashib, rivojlanib boradi. 
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarda 
kreativlik sifatlarni shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda.


26 
Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, 
Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab 
tadqiqotlar, ularning natijasidan ko‘rish mumkin.
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod 
etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, 
o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). 
o‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish 
hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan 
video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 
2013 y.). 
O‘qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bu uning 
ijodkorligi, intiluvchanligi, ta’lim jarayonida har xil original g‘oyalarni izlab topish, yo‘qdan bor 
qilish layoqatidir. 
K.Rodgers “Ijod-o‘z o‘zini kuchaytirish demakdir” degan asarida ijodiy shaxs uchun eng 
asosiy savollardan birini beradi: Meni meni hayot tarzim qoniqtiradimi yoki to‘g‘ri talqin etadimi? 
o‘qituvchining ushbu savolga javobi uning kasbiy va ijodiy cho‘qqilarga intilishi yuqori ijodiy 
malakali va o‘zini ijodiy tomondan to‘la namoyish etishga intilishi kreativ shaxs bo‘lishi”. 
Ayni bugungi kunda pedagog kreativlik potentsialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatida 
nimalarga e’tibor qaratilishi zarur, va ular quyidagicha izohlanadi. 
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; 
- yangi-yangi g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish; 
- ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish; 
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish. 
Shuningdek, A.X.Maslou kreativlikni 2 turga bo‘ladi: tug‘ma iste’dodli shaxs kreativligi va 
shaxsning o‘z-o‘zini aktuallashtirish kreativligi. Shaxsning o‘z-o‘zini aktuallashtirish kreativligi 
shaxs bilan uzviy bog‘langanligi sababli biz unga kundalik hayotda va kasbiy faoliyatning ko‘p 
sohalarida duch kelishimiz mumkin.
A.X.Maslou kreativlikda o‘z-o‘zini aktuallashtirishning ikki darajasini keltirib o‘tgan: 
birinchisi – “ixtiyorsiz kreativlik, bunda shaxs birdan ruhlanadi va tushkunlikka tushadi” 
“ikkinchisi – ixtiyoriy kreativlik, bunda shaxs uzluksiz ta’limga va komillikka intiladi”. 
U kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida ko‘radi, ya’ni kreativlik 
barcha insonlardagi tug‘ma qobiliyat, lekin hayoti davomida ma’lum ijtimoiy to‘siqlar natijasida 
yo‘qolib ketadi deb hisoblaydi.
“Kreativlik darslarida bo‘lajak pedagoglar birgina “to‘g‘ri” javobni izlash o‘rniga o‘zlarini 
erkin va xotirjam sezishlari va yuzaga kelgan muammolarga turli yechimlarni izlab topishlari 
maqsadga muvofiqdir. Qancha ko‘p g‘oya va fikrlarni o‘rtaga tashlasalar, shuncha ko‘p g‘oyalar 
kreativ bo‘ladi (Simonton,1999). 
Kreativlik har doim turli soha vakillari tomonidan o‘rganib kelingan. Jumladan, sharq mutafakkiri 
Alisher Navoiy inson kamolotida komil inson qiyofasini nozik chizgilar bilan ta’riflaydi. 
“Komil insonga xos bo‘lgan eng yuksak fazilatlarga ijodkorlik, qobiliyat, ilm-fanga 
muhabbatdir”. 
A.A.Aripjanova esa kreativlikni o‘rganish bo‘yicha pedagogik faoliyatning o‘ziga xosliklari 
va yondashuvlarni inobatga olib, pedagog kadrlarining kreativligini: faoliyati, samarali, shaxsiy, 
muhitga doir, muammoli aspektlarda ko‘rib chiqish lozimligini aniqlagan. 


27 
Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning, ayniqsa, o‘qituvchining kreativligi boshqa 
(talaba)larni ijodiy jarayonni tashkil etishga ruhlantiradi. 
Kreativ bo‘lish uchun kishi ko‘proq kreativ va intiluvchan insonlar bilan muloqot qilishi va 
hamisha izlanishda bo‘lishi lozim. Har qanday ko‘nikmani shakllantirish mumkin bo‘lganiday, 
kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko‘nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu bo‘lajak pedagoglarga 
ham taalluqli bo‘lib, kreativlik ustida ishlash bo‘lajak pedagoglarga noodatiy tarzda fikrlashga 
yordam beradi. 
Biroq, bo‘lajak pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo‘lishga undash o‘qituvchining qay 
darajada malakali, mahoratli ekanligiga bog‘liq. Kreativlik bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va 
kreativlik nazariyachilarining ishlari bo‘lajak pedagoglarda kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda 
beminnat xizmat qiladi. Bu har qanday jamoadagi muhit, bo‘lajak pedagoglarda fikrlash tarzining, 
optimallashishi, o‘qituvchining mohirona yondashuv va strategiyalari elementlarini o‘z ichiga oladi. 

Download 6,92 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish