29
Shuningdek, “Avesto”ning “Yasht”larida tanballigi, befarqligi, mas’uliyasizligi, loqaydligi,
farosatsizligi, o‘quvsizligi, bilimi va malakasini takomillashtirmasligi oqibatida bolalar zehnini,
ularning mustaqil tafakkurini o‘tmaslashtiradigan, ayni chog‘da, yoshlarning aqlini “Zanglatadigan”,
hayotga, mehnatga munosabatlarini susaytiradigan, imon-e’tiqodini zaiflashtirib, ma’naviy jihatdan
qashshoqlashtiradigan “Yomon ustozlar” qattiq qoralanadi.
Zardushtning oliy tangri Ahuramazda bilan muloqotida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida
shunday
deyiladi
:
“Noshud, yomon muallim o‘quvchi qalbidan hunarmandchilikni yo‘qotar ekan,
ey yazdon, yomon ustozdan o‘zing asra”.
Turli tabiiy ofatlar ta’siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni
davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo‘lgan tabiiy ehtiyoj
yoshlarga hayotiy tajribalarni ma’lum mehnat faoliyati yo‘nalishida yetarlicha bilimga ega bo‘lgan
kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Natijada bolalarga hayot
tajribalarini o‘rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha
bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda paydo bo‘lib, ularda
bolalarga ma’muriy-xo‘jalik boshqaruvi asoslari o‘rgatilgan.
Antik
davrda maktablar Sparta, Afina va Rim
tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat
olib borganlar.
Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya
deb nomlangan.
“Akademiya” so‘zi afsonaviy qahramon Akadema
nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda
Afina yaqinidagi Akadema
nomi bilan nomlanuvchi
joyda Platon o‘z shogirdlariga ma’ruzalar o‘qigan
bo‘lib, keyinchalik ta’lim tashkil etiluvchi maskan ham
shunday nom bilan atala boshlagan. qadimgi Rim va
Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida qudorlik tuzumida bolalarni ta’lim maskanlariga olib
borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular “pedagog” deb nomlanganlar. Ushbu
tushunchaning ma’nosi “bola yetaklovchi” demakdir.
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy
shug‘ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxona-
lar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga
dunyoviy bilimlar ham o‘rgatilgan.
O‘rta asrlar davrida Sharqda akademiya ko‘rinishidagi ta’lim
muassasalari ham faoliyat
yuritgan bo‘lib, ular “Donishmandlar uyi” (IX asr, Bag‘dod), “Ma’mun akademiyasi” (XI ar
boshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan.
Akademiyalarga turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha kuchli bilimga ega bo‘lgan qomusiy olimlar jalb
etilgan bo‘lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina,
astronomiya kabi
yo‘nalishlarda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilgan.
O‘rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya (Sharqda
madrasa)lar ko‘rinishidagi maktablarda ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar bo‘yicha
mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan.
30
Chunonchi, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o‘z
davrining taniqli olimlari – Ali Qushchi, Taftazoniy, Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad,
G‘iyosiddin
Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta’lim
berganlar.
Sharq mutafakkirlari va g‘arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o‘rni
haqida. Jamiyat tomonidan o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilayotgan talablar o‘z davrida Sharq mutafak-
kirlari hamda arab ma’rifatparvarlarining asarlarida o‘z aksini topgan.
Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o‘qituvchining
ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha,
yaxshi o‘qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya’ni, u o‘zi ega bo‘lgan bilimlarni
yoshlarga beminnat o‘rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo‘la oladi.
Buyuk allomalardan Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida tarbiyachi-muallim foaliyatiga quyida-
gicha ta’rif beradi: “muallim bilimli, aqlli, adolatli, o‘zida butun yuksak fazilatlarni mujassamlash-
tirgan bo‘lishi kerak.
O‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi”.