|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 33/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash MA’RUZALAR TO‘PLAMI
Maxsus fan o‘qituvchisi
|
Davrboeva S
|
G‘allaorol 2021
№
|
Mavzular nomi:
|
1.
|
Kirish. Elektr uskunalar eksplutatsiyasi umumiy muammolar.
|
2.
|
Elektr uskunalarning ko‘rsatgichlari.
|
3.
|
Texnik eksplutatsiya asoslari.
|
4.
|
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida elektr uskunalarining rejali texnik qarovi va ularni ta’mirlash.
|
5.
|
Elektr uskunalaridan foydalanish sharoitlari.
|
6.
|
Elektr ta’minot sharoitlari.
|
7.
|
Elektr uskunalarni tanlash.
|
8.
|
Elektr uskunalarga himoya vositalarini tanlash.
|
9.
|
Elektr uskunalarining ish rejimlarini optimallashtirish.
|
10.
|
Elektr uskunalarini rezervlash.
|
11.
|
Elektr uskunalarining ishonchliligini oshirish.
|
12.
|
Elektr uskunalarining profilaktik sinovlari.
|
13.
|
Elektr kontaktlar diagnostikasi.
|
14.
|
Elektr tarmoqlarini eksplutatsiya qilish.
|
15.
|
Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori havo elektr uzatish liniyalarini eksplutatsiya qilish.
|
16.
|
Kabelli elektr uzatish tarmoqlari eksplutatsiyasi.
|
17.
|
yuklama tokini nazorat qilish.
|
18.
|
Kabel tarmoqlarining qarovlari.
|
19.
|
Profilaktik sinovlar va o‘lchovlar.
|
20.
|
Kabel tarmoqlarida zararlanish joylarini aniqlash.
|
21.
|
Kabel elektr tarmoqlarini ta’mirlash.
|
22.
|
Transformatorlar podstansiyalari ekspluatatsiyasi.
|
23.
|
Podstansiyalari ekspluatatsiyasi.
|
24.
|
Qishloq va suv xo‘jaligi transformator podstansiyalari ekspluatatsiyasi.
|
25.
|
Transformator moyining ekspluatatsiyasi.
|
26.
|
Elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish.
|
27.
|
Elektr motorning texnik qarovi va joriy ta’miri.
|
28.
|
Elektr qizdirish vositalari ekspluatatsiyasi.
|
29.
|
Yoritish qurilmlarining ekspluatatsiyasi.
|
30.
|
Maishiy uy-ro‘zg‘or elektr uskunalarining ekspluatatsiyasi.
|
mavzu: Elektr uskunalar ekspluatatsiyasining umumiy muammolari.
Reja:
Umumiy tushunchalar.
Fanning maqsadi va vazifalari.
Elektr uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish.
Qishloq va suv xo‘jaligi korxonalarida turli xil elektrlashtirilgan uskunalar ishlatiladi. Elektr uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish bazasi ham tobora takomillashib kengayib bormoqda. Elektr uskunalar texnik ekspluatatsiyasining samaradorligi elektr texnik xizmat ko‘rsatish tannarxi yangi uskuna narxidan bir necha barobar pastligidadir. Elektr energiyasidan foydalanish mahsulot tan narxiga ta’sir ko‘rsatadi va ortiqcha energeiya isrofgarchiliklarni kamaytiradi.
Qishloq va suv xo‘jaligida elektr uskunalar ekspluatatsiyasida uning quyidagi o‘ziga xos tomonlari hisobga olinishi kerak: texnikadan foydalanishning mavsumiyligi (sutka yil davomida); elektr iste’molchilarning tarqoqligi va bir biridan uzoq masofada joylashganligi; elektr tarmoqlarning Yuklanishi past darajada ekanligi; ekspluatatsiya sharoitining xilma xilligi, turli atrof muhit sharoitlari; texnik xizmat ko‘rsatish sifatining pastligi, xizmatchilarning malakasi etarli emasligi, transport tanqisligi va boshqalar.
«Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va ta’mirlash» fanining maqsadi bo‘lajak bakalavr-energetiklarga, injenerlarga turli elektr uskunalardan samarali foydalanishni, ularning texnik ekspluatatsiyasini tashkil qilishni, qishloq va suv xo‘jaligi energetikasi masalalarini echishni o‘rgatishdir.
Elektr uskunalar ekspluatatsiyasiga elektr uskunalarni tayyor holga keltirishdan tortib, uni foydalanish joyiga olib kelish, o‘rnatish, sozlash, ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash jarayonlari kiradi. Ekspluatatsiya-bu elektr uskunalarining barcha texnik imkoniyatlaridan to‘la foydalanishdir. U ishlab chiqarish hamda texnik ekspuatatsiya ko‘rinishida bo‘ladi. Ishlab chiqarish ekspluatatsiyasi-bu elektr uskunasidan foydalanib, ma’lum ish bajarishdir. Texnik ekspluatatsiyasiga elektr uskunalaridan foydalanishda uning barcha ko‘rsatkichlarini ishchi holatida ushlab turish kiradi. Ishlab chiqarish tizimida texnik ekspluatatsiya mehnat resursi tarkibida ishtirok etadi (1.1-rasm).
Ekspluatatsiyaning maqsadi elektr uskunalar va mashinalardan Yuqori unum bilan maqsadga muvofiq foydalanib, elektrotexnologik obyektlar samarali ishlashini ta’minlashdir. Elektr uskunasining ishga yaroqliligi, yaxshi ishlashi uning ekspluatatsiya xizmat darajasi bilan aniqlanadi.
«Elektr uskunasi ekspluatatsiyasi va ta’mirlash» fanini o‘rganish uslublari har tomonlama, aniq echimlarga ega bo‘lgan, qishloq va suv xo‘jaligining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan bo‘lishi kerak. Bunda masalaning murakkabligiga ko‘ra turli uslublar qo‘llaniladi.
Tajriba-asosiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlari, boshqa ko‘rsatkichlar bilan bog‘likligini aniqlashda muhimdir.
O‘xshatish (Analogiya)-
o‘rganilayotgan obyektning o‘xshashliklarini topish orqali obyekt haqida ma’lumot olish va xulosa chiqarilishidir.
Solishtirish-obyekt yoki xodisalarni uning elementlarini solishtirish yo‘li bilan o‘rganish. Bir necha variantlar solishtirilib, eng samarali va optimali olinadi.
1.1-rasm. Ishlab chiqarish tizimining obyekt har tomonlama
o‘rganilib, uning barcha ko‘rsatkichlari va bog‘liklari aniqlanadi. Natijada ekspluatasiya qonuniyatlari ochiladi IChT-ishlab chiqarish tizimi;MR1-mehnat resurslari; MR2-material resurslari;ER-energetik resurslari. . Sistemali yondoshish-bu murakkab obyekt va hodisalarni o‘rganishda uning elementlarini alohida-alohida ajratish, elementlarning bog‘liqliklarini, qonuniyatlarini aniqlash va yuqori samarali natijalar olishdir (1.2-rasm). Manbaa- energiya iste’molchi-texnologik obyekt-xizmat ko‘rsatish tizimida yuqori sifatli
mahsulot olishda elektrotexnik xizmatning roli katta bo‘ladi.
Sistemali yondoshishda echimni topish algoritmi tuziladi. Bu algoritm quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
bosqich. Fanni o‘rganishdan maqsad va vazifalarini shakllantirish.
bosqich. O‘rganish obyektlarini ajratish, uni chegaralarini belgilash, obyektni o‘rganish masalalarini asoslash.
bosqich. O‘rganish masalasini, uning omillarini aniqlash, birlamchi va natijaviy ma’lumotlarni belgilash, obyekt modelini tuzish.
bosqich. Maqsadga erishish uslublarini topish, shu uslublar bilan echimlarni topish.
bosqich. Yakuniy natijalarni va echimlarni birlamchi ma’lumotlar asosida topish va xulosalar qilish.
Elektr uskunalar ekspluatatsiyasining asosiy vazifasi texnologik mashinalarni samarali ishlashini ta’minlovchi elektr uskunalarni yuqori ishonchli ishlashini tashkil qilishdan iboratdir. Bu erda quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- Elektr uskunalarni zarur ishonchliligini ta’minlash; - Elektr uskunalaridan samarali foydalanishni ta’minlash; - Ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish.
1.2-rasm. M-E-T-X tizimining umumiylashtirilgan sxemasi:
M-manbaa; E-elektr iste’molchi; T-texnologik obyekt; X-ekspluatatsiya xizmati; EU-elektr o‘zgartkich; EI-elektr iste’molchi; ET-elektr energiyasini uzatish tarmog‘i.
Fanning maqsadi va vazifalari qator texnik, texnologik sotsialiqtisodiy masalalarni qo‘yadi. Bu masalalar davlat, viloyat, tuman, obyektlar darajasida echilishi mumkin; jumladan mutaxasislarni malakasini oshirish, optimal guruh strukturalarini joriy qilish, ish sifatini oshirish, ta’mir tuzatish bazalarini tashkil etish, tuzatish-ta’mirlash bazalarini, ta’minlovchi-xizmat ko‘rsatuvchi bazalarin optimal tashkil etish, ularni kompleks boshqarish sistemalarini ishlab chiqish, elektrotexnik xizmat ishini me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqish. Elektr uskunalar ekspluatatsiyasini tashkil etish masalalari ilmiy asoslangan holda echilishi zarur.
|
| |