|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 35/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Nazorat savollari:
Elektr uskunaning sifat xossalari nimalar?
Nominal ko‘rstakichlarga ta’rif bering?
Ishchi ko‘rsatkichlariga ta’rif bering?
Elektr uskunalarining ko‘rsatkichlariga ta’rif bering?
mavzu: Texnik ekspluatatsiya asoslari.
Reja:
Texnik ekspluatatsiya asoslari.
Elektr uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash.
Texnik va tashkiliy tadbirlar.
Elektr uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun ularning texnik ekspluatatsiya tizimi ishlab chiqiladi, va amalga oshiriladi. Bu tizim texnik va tashkiliy tadbirlarni o‘z ichiga olib, elektr uskunalarni ishonchli va soz ishlashi uchun xizmat qiladi. Texnik espluatatsiya tizimi quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi. Texnik ekspluatatsiya prinsiplari:
to‘xtab qolishdan keyin ko‘rik o‘tkazish, bu holda tadbirlar hajmi elektr uskunaning zararlanish darajasiga qarab belgilanadi va o‘tkaziladi.
profilaktik texnik ekspluatatsiya choralari oldindan tuzilgan rejaga asosan elektr uskuna ishlab turganida to‘xtatilgan holatda o‘tkaziladi.
v) ko‘rikdan keyingi texnik ekspluatatsiya choralari diagnostika ko‘rinishida o‘tkaziladi. Zarur bo‘lganda elektr uskuna holatiga qarab qo‘shimcha tadbirlar rejalashtiriladi.
To‘xtab qolishlar oqibatlari kam bo‘lganda (a) prinsip ishlatiladi, ya’ni elektr uskuna to‘xtab qolsagina u texnik ekspluatatsiya qilinadi (tuzatiladi). Xizmat muddati tugagan elektr uskunalar almashtiriladi.
Profilaktik prinsip eng ma’qul va samarali bo‘lib, u ko‘proq qo‘llaniladi. Bu prinsipning qator qulayliklari bor:
Texnik tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib turiladi va elektr uskunaning soz ishlab turishi uchungina etarli tadbirlar bilan chegaralanadi.
Rejali bo‘lib, doim bir xil muojalalar o‘tkaziladi va Yuqori sifatli bo‘ladi.
Iqtisodiy samarali, elektr uskunaning bir qismi yoki detali sozlanadi va butun mashinani behosdan to‘xtab qolishning oldi olinadi.
Profilaktik ekspluatatsiya tadbirlari kalendar yoki reglamentli muddatlarda bo‘lishi mumkin.
Kalendar muddati-rejada ko‘rsatilgan kalendar vaqtida o‘tkaziladi.
Reglamentli muddat-elektr uskuna ma’lum bir hajm ish bajarganda o‘tkaziladi (marta ulanishlar soni, kVt ּ soat va hokazo).
Ta’mir sikli elektr uskunaning texnik ekspluatatsiya tadbirlari ketma- ketligidi
r.
GOST 18322-78 ga ko‘ra ta’mir sikliga texnik xizmat ko‘rsatish, joriy va kapital ta’mir kiradi (1.5-rasm). Engil (a) va og‘ir (b) ekspluatatsiya sharoitlarida elektr motorlarning ta’mir siklining strukturasi: B-ekspluatatsiya boshlanishi; TXK-texnik xizmat ko‘rsatish; JR-joriy ta’mir; KR-kapital ta’mir. Texnik xizmat ko‘rsatish- elektr uskunani ishlab turganida, soz va ishchi holatda foydalanish uchun o‘tkaziladigan tadbirlar majmuidir. Texnik xizmat ko‘rsatish o‘z vaqtida o‘tkazilsa, kichik hajmda, kam harajat bilan bajariladi va elektr uskunaning behosdan ishdan chiqishining oldi olinadi.
Joriy ta’mir-elektr uskunaning ayrim qismlari va detallarini almashtirish, tuzatish yo‘li bilan uni ishchi, soz holatda ushlab turishdir. Ma’lumki, har qanday mashinaning qismlari turlicha tezlikda eskiradi. Uning yaroqsiz qismlarini o‘z vaqtida almashtirish yoki sozlash butun mexanizmni ishchi holatda ushlash imkonini beradi.
Kapital ta’mir-elektr uskunaning barcha qismlarini tuzatish va resursini qayta tiklashdan iborat bo‘lib, u to‘la ta’mirlanadi.
Bundan tashqari texnik xizmat xodimlari operativ xizmat ishlarini ham bajaradilar: uzish-ulash, sxemalarni o‘zgartirish, to‘xtab qolgan elektr uskunalarni nosozliklarini yo‘qotib, ishchi holatda ushlash. Profilaktik tadbirlarning optimal davriyligi texnologik zarar, profilaktik tadbirlar va kapital ta’mirlash uchun ketgan xarajatlarni
hisobga olib aniqlanadi
1.6-rasm. Profilaktik tadbirlarning optimal davriyligini tanlash uchun grafiklar.
UT –texnologik zarar; T P –davriylik, muddat; TP.OPT –optimal davriylik; ZP –profilaktik tadbirlarga ketgan harajatlar;
ZKT –kapital ta’mirlash harajatlari.
|
| |