O‘zbekiston respublikasi oliy




Download 18,37 Mb.
bet38/75
Sana16.02.2024
Hajmi18,37 Mb.
#157830
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Nazorat savollari:


  1. Elektr uskunalarini texnik qarovi va ta’miridagi tadbirlarni belgilash tartibini tushintiring?

  2. Texnik qarov va ta’mir o‘tkazish muddatlarini aytib bering.

  3. Profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni tushintirish?

  4. Elektr uskunalarning ekspluatatsiya sharoitlarini aytib bering.
  1. mavzu: Elektr ta’minot sharoitlari.


Reja:

  1. Qishloq va suv xo‘jaligi elektr ta’minot tizimlari.

  2. Elektr energiyasining sifat ko‘rsatgichlari.

  3. Elektr uskunalarning texnik ekspluatatsiya sharoitlari

Qishloq va suv xo‘jaligi elektr ta’minot tizimlari sanoatdan farq qilib, ko‘proq ochiq elektr uzatish tarmoqlariga ega. Qishloq istemolchilari tarqoq joylashgan va turli xil masofalarga elektr uzatish tarmoq (EUT) lari tortilgan: Kuchlanishi U = 10 kV da-50 km gacha; U = 0,4 kV da-700 m gacha.
Qishloq elektr uzatish tarmog‘ida sutka davomida yuklanish notekis bo‘lib, elektr energiya sifatini pasayshiga olib keladi. Bir fazali istemolchilarning ko‘pligi fazalar nosimmetriyasiga olib keladi. Nochiziqli elementlarning qo‘llanilishi esa (yarim o‘tkazgichlar texnikasi) tarmoqda yuqori garmonikali tok va kuchlanishlarni Yuzaga keltiradi va elektr energiya sifatini pasaytiradi.
Standart bo‘yicha quyidagi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari belgilangan. Chastotaning og‘ishi, chastotaning o‘zgarishi, kuchlanishning og‘ishi, kuchlanishning o‘zgarishi. O‘zgaruvchan tok kuchlanishi o‘zgarishi ko‘rinishining nosinusoidalligi.-yuqori garmonik kuchlanishlarning ta’sir etuvchi qiymatining asosiy kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymatiga nisbati. Bu nisbat 0,05 dan kam bo‘lishi kerak. Kuchlanish neytralining siljishi, nolli ketma-ketlik kuchlanishning asosiy faza kuchlanishi qiymatga nisbati quyidagicha bo‘ladi: Yuqorida ko‘rsatilgan kattaliklardan asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib kuchlanishning og‘ishi hisoblanadi, chunki bu kattalik qishloq xo‘jaligi sharoitida ko‘pchilik holatlarda me’yoriy qiymatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Kuchlanish o‘zgarishining elektr energiya sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri uning miqdoriga o‘zgarish tomoniga (+, –), davomiyligiga va elektr iste’molchi turiga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa elektr yoritish vositalari kuchlanishning o‘zgarishiga sezgir bo‘ladi. Lampalarning yorug‘lik oqimi-F va xizmat muddati-D kuchlanishning og‘ishi bilan quyidagicha bog‘langan.
Elektr qizdirish vositalari ham kuchlanish og‘ishiga sezgir bo‘ladi, ya’ni ularning quvvati kuchlanish kvadratiga proporsional bo‘ldi. Xuddi lampalardagidek elektr qizdirish vositalarida kuchlanishning oshishi xizmat muddatini kamaytiradi, kuchlanishning pasayishi esa ish unumini kamaytiradi.
Elektr motorlarning barcha ko‘rsatkichlari tarmoq kuchlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa asinxron motorning aylantirish momentiga kuchlanish o‘zgarishi salbiy ta’sir kursatadi. Motor bu holda ko‘proq qiziydi va xizmat muddati kamayadi. Masalan U 10% bo‘lganda aylantiruvchi moment 19 % ga pasayadi. Ayniqsa kuchlanishning pasayishi motorni ishga tushirish rejimlarini qiyinlashtiradi, yoki ishlab turgan motorni to‘xtab qolishiga olib keladi. Kuchlanishning pasayishi etarli darajada bo‘lsa, elektr motor ishga tusha olishiga tekshirib ko‘riladi. Kuchlanishning o‘zgarishi elektr motor tokini va undagi quvvat yo‘qolishini o‘zgarishiga olib keladi. Salt ishlash tokining aktiv tashkil etuvchisi (Ia ) kuchlanishga teskari reaktiv tashkil
etuvchisi(Ior )esa to‘g‘ri proporsional o‘zgaradi, natijaviy tok esa ikkala holatda ham ortadi, tokning eng kam qiymati nominal kuchlanishda bo‘ladi. Elektr motorlar uchun odatda U 10% deb belgilangan. Past yoki yuqori kuchlanishda motor qizib ishlaydi va uning izolyasiyasi tez eskiradi, xizmat muddati kamayadi. Elektr motor izolyasiyasining xizmat muddati kuchlanish bilan quyidagicha bog‘langan.
β-yuklanish koeffitsienti.
Kuchlanish nosimmetriyasi elektr motorlarda teskari U2, to‘g‘ri U1va neytral U0 kuchlanishlarni yuzaga keltiradi. Fazalarda turlicha kuchlanishlar bo‘ladi va ularning qizishiga olib keladi. Bularning oldini olish uchun, odatda sifatsiz kuchlanish bo‘lganda, elektr motorlar yuklanishini 5-10% ga kamaytiriladi.
Qishloq xo‘jaligi elektr uskunalari texnik ekspluatatsiyasining o‘ziga xos tomonlari ularning foydalanish sharoitlarini og‘irligidan kelib chiqadi. Bu erda texnik tadbirlar o‘z vaqtida, barcha omillarni hisobga olgan holda o‘tkazilishi kerak. Lekin elektroxo‘jalik xizmat xodimlarining etarli malakaga ega bo‘lmaganligi, ehtiyot qismlar etishmasligi, zarur diagnostika, tekshirish-sinov asboblarni etarli emasligi, transport va yo‘llarning nosozliklari bu tadbirlarni yuqori texnik saviyada o‘tkazish imkoniyatini chegaralaydi.

Download 18,37 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Download 18,37 Mb.