|
Elektr uskunalarning texnik ekspluatatsiya sharoitlari
|
bet | 39/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash
Qishloq va suv xo‘jaligidagi mavjud nokulayliklar va sharoitlar elektr uskunalarning texnik ekspluatatsiyasiga alohida e’tibor berilishini talab qiladi. Elektr uskunalarning etarli ekspluatatsion ishonchliligini saqlab turish uchun profilaktik va operativ texnik qarov va ta’mirlarni o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazish kerak. Lekin bu tadbirlarni qishloq va suv xo‘jaligi sharoitida amalga oshirish ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi. Barcha elektr uskunalari kichik maydonda kompakt joylashgan sanoatdagidan farq qilib, qishloq va suv xo‘jaligida elektr iste’molchilar juda tarqoq joylashgan va hilma xilligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ular turli muhit sharoitida va turlicha yuklanish rejimida ishlaydi. Bu esa rejali texnik qarov va ta’mir tadbirlarini bir xil vaqtda o‘tkazishni qiyinlashtiradi. Grafikni murakkablashtiradi va uni bajarishni qiyinlashtiradi.
Elektr uskunalarda texnik qarov va ta’mir muddatlari elektr uskunalar joylashgan atrof muhit sharoitiga, elektr jihozlar tipiga, sutka va yil davomidagi Yuklanish rejimiga, ish rejimlariga bog‘liq. Turli sharoitlarda ishlayotgan uskunalarda bir xil muddatlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mir grafigini smena va oy yoki kvartal davomida tekis rejalashtirish murakkab bo‘lib, elektr montyorlarning ish unumdorligini pasaytiradi. Operativ xizmat ko‘rsatish tadbirlarini o‘tkazishni qiyinlashtiradi. Elektr uskunalarning to‘xtab qolishlarini o‘z vaqtida oldini olish uchun har bir xo‘jalikda yoki obyektda navbatchi elektromontyor bo‘lishi kerak, bu holda ularning bandligi pasayib ketadi. Demak, har bir elektromontyor bir necha obyektga xizmat ko‘rsatish zarur. Bu holda elektromontyorlar transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanish kerak. Elektr uskunalarning hilma xilligi texnik xizmat va ta’mir bazasida ko‘plab texnik vositalar, asboblar va extiyot qismlar bo‘lishini talab qiladi. Kichik xo‘jaliklarda esa servis xizmati vositalarini samarasiz ishlatilishiga olib keladi, oqibatda elektr uskunalar samaradorligi pasayadi. Demak, qishloq va suv xo‘jaligi sharoitida texnik
ekspluatatsiya samaradorligini pasaytiruvchi obyektiv sharoitlar mavjud ekan. Elektromontyorlar turli xil funksional vazifalarni bajarishiga to‘g‘ri keladi, yo‘l, transport vositalari, ehtiyot qismlar etarli emas. Bu esa elektrotexnik xizmat xodimlari malakasiga va texnik qurollanishiga yanada yuqoriroq talablar qo‘yadi.
|
| |