|
Elektr uskunalarni tanlash asoslari
|
bet | 41/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Elektr uskunalarni tanlash asoslari
Elektr uskunalarning samarali ekspluatatsiyasining asosi bo‘lib ularni to‘g‘ri tanlash hisoblanadi. Odatda elektr uskunalar texnologik uskunalar bilan bir komplektda bo‘ladi yoki texnologik va texnik talablardan kelib chiqib tanlanadi. Loyihalashtirish bosqichida barcha ekspluatatsion sharoitlarni hisobga olish qiyin. Xaqiqiy sharoit me’riy loyiha sharoitlaridan farq qilishi mumkin. Bu holda mavjud uskunalarni to‘g‘ri tanlanganligi tekshirilib ko‘riladi. Bundan tashqari elektr uskunalarning ekspluatatsiya sharoitlarini yomonlasha borishini har doim ham hisobga olish mumkin bo‘lmaydi. Tanlangan elektr uskunalarni ekspluatatsiya sharoitlariga tekshirish ayniqsa ma’sul obyektlar uchun juda muhim rol o‘ynaydi. Tanlashda u yoki bu echimlarni qabul qilish chegaralash prinsipiga ko‘ra yoki optimallashtirish prinsiplariga ko‘ra bajariladi.
Chegaralash prinsipi-elektr uskunaning ko‘rsatkichlari mos faktorlar ta’sirida yoki sharoitlarda bo‘lishi, zarur qiymatlariga teng yoki (teng yoki kichik) bo‘lsa. Masalan asinxron elektr motor quvvat bo‘yicha tanlansa, uning haqiqiy Yuklanish quvvati RYukl. nominal quvvatidan Rn kichik yoki teng bo‘lishi zarur:
Optimallashtirish prinsipi-jarayon texnologik talablarini o‘rganib, elektr uskuna eng optimal rejimlarni ta’minlash sharti bo‘yicha tanlanadi. Bu holda optimallashtirish mezonlari texnik yoki iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘lishi mumkin.
Elektr uskunalarni tanlashda quyidagi texnik ko‘rsatkichlar hisobga olinadi: klimatik ishlanganligi va joylashtirish kategoriyasi, begona jismlar va suv tomchilardan himoyalanish darajasi, nominal ko‘rsatkichlar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar (ishga tushish ko‘rsatkichlari, yuklanish ko‘rsatkichlari, himoyalanish ko‘rsatkichlari). Elektrotexnik uskunalar va jihozlar ma’lum bir klimatik sharoitda ishlatish uchun ishlab chiqariladi va u ishlanishiga qarab joylashtiriladi (3.1-jadval). Buning uchun quyidagi belgilanishlar qabul qilingan: U-o‘rtacha iqlim sharoitida; XL-sovuq iqlim sharoitida; TV-nam-tropik sharoitida; TS-quruq tropik sharoitida; T-nam va quruq tropik sharoitida; O-umumiqlim sharoitida. Qishloq va suv xo‘jaligi sharoitlari uchun yana (S) va (X)-kimyoviy ta’sirlarga chidamli) bajarishlarda ishlab chiqariladi. Joylashish kategoriyasi elektr uskunalarda quyidagicha belgilanadi: X=1-5.
3.1-jadval
Elektr uskunalarning ekspluatatsiya sharoitlariga qarab bajarilishi
T.r.
|
Binodagi xonalar va qurilmalarning turi va vazifasi
|
Joylashish kategoriya si, klimatik turi
|
Ximoya qobig‘ining ishlanishiga qarab
|
Elektr mashinalar
|
Ishga tushirish, himoyalash vositalari
|
Yoritish vositalari
|
1
|
Xizmatchilar xonasi, inkubatoriylar, isitiluvchi omborlar
|
UXL4
|
IR44
|
IR23, IP40
|
IP20, IP21, IP31
|
2
|
Yordamchi xonalar, isitilmaydigan omborlar, tuzatish ustaxonasi
|
U3
|
IP44
|
IP21
|
IP32
|
3
|
Chorvachilik va mevasab-zavot mahsulotlarini qayta ishlash sexlari, mevasabzavot omborlari
|
U2
|
IP44
|
IP20
|
IP32, IP43, IP53
|
4
|
Nam ozuqalar tayyorlash sexi, sut sog‘ish zali, texnikani Yuvish va nasos bo‘limlari, parnik, issiqxona, yordamchi
isitilmaydigan xonalar
|
U5
|
IP44
|
IP23
|
IP53, IP54
|
5
|
Chorvachilik va parrandachilik ferma xonalari, mineral o‘g‘itlar ombori, urug‘larga kimyoviy ishlov berish joyi (agressiv muhit xonalar)
|
U5
|
IP44
|
IP44
|
IP54
|
6
|
Texnologik qurilmalar- ni dezinfeksiya qilish xonalari
|
U5
|
IP44
|
IP44
|
IP55, IP64
|
7
|
Don qayta ishlash punktlari, chang xonalar
|
U3
|
IP54
|
IP54
|
IP51 IP61
|
8
|
Isitilmaydigan omborxona, ochiq joydagi naves ostidagi (osma yopiq maydoncha) elektr
uskunalar
|
U1, U2, UXL3
|
IP44
|
IP54
|
IP23, IP53
|
X=1-ochiq atmosfera ta’sirida ishlaydi;
X=2-iqlim sharoitlari ko‘rsatkichlari ochiq atmosferadan farq qilmaydigan binolarda (palatka, naves, kuzov, metal binolarda, to‘siqlar ostida ishlovchi);
X=3-ventilyasiyali yopiq binolarda su’niy mikroiklim hosil qilinmaydigan sharoitda;
X=4-sun’iy mikroiqlim hosil qilingan sharoitda ishlashga mo‘ljallangan; X=5- o‘ta zax, kimyoviy faol gazlarni bo‘lgan muhitda ishlashga mo‘ljallangan.
Elektrotexnik jihozlar, uskunalar standart talablariga ko‘ra qishloq va suv xo‘jaligida kamida (U)-klimatik ishlanishiga ega bo‘lishi zarur. Odatda harorat
+450S dan -450S gacha bo‘lgan muhit mos keladi.
Elektr uskunalar begona jismlar va suv tomchilaridan ximoyalanish darajasini standartda shartli ravishda XIPX1X2ko‘rinishida belgilangan. Bu belgilar elektr uskunalar pasportida yoki shchitida yozib qo‘yiladi. Bu erda X-joylashish iqlimini kategoriyasini ko‘rsatadi X=1, 2, 3, 4, 5.
1
X -elektr uskunaning ichki tokli qismiga begona jismlar tegishidan himoyalanish darajasini ko‘rsatadi. x1=0, 1, 2, 3,…6.
X -suv tomchilaridan himoyalanish darajasi x = 0,1,2,…8
2 2
1
X -koeffitsient quyidagicha yoyiladi
1
X =0. Elektr uskunaning tokli qismlariga elektr texnik xizmat xodimlarni tegib ketishidan himoyalanmagan.
x1=1-elektr uskunaning tokli yoki harakatdagi qismlarining katta qismi to‘silgan. Uning ichki qismiga yoki tokli qismlariga, diametri yoki o‘lchamlari 52,5 mm bo‘lgan qattiq jismlar o‘tish mumkin.
x1=2-elektr uskunalarning tokli qismiga yoki ichiga odam barmog‘i o‘tadi yoki 12,5 mm o‘lchamli qattiq jismlar tushishi mumkin. x1=3-elektr uskunaning ichki qismiga ish qurollari, simlar, o‘lchamli 2,5 mm
dan katta qattiq jismlar tushishidan himoyalangan.
x1=4-ulchamli 1mm dan katta qattiq jismlardan himoya qilingan x1=5-qattiq jismlar, chang va boshqa unsurlardan himoya qilingan x1=6-elektr uskunaning tokli kismlari to‘liq himoya qilingan germetik
ishlangan
X2 = koeffitsient quydagicha yoyiladi x2=0-elektr uskuna suv tomchilaridan himoya qilinmagan x2=1-kondensatlangan suv tomchilari va vertikal tushayotgan suvdan
himoyalangan x2=2-suv tomchilaridan himoya qilingan. 150 burchak ostida tushayotgan suv
elektr uskunaning tokli qismiga tushmaydi.
x2=4-sachragan suvdan himoyalangan har qanday yo‘nalishda sachragan suv elektr uskunaga zarar keltirmaydi. x2=5-suv to‘lqinidan himoya qilingan x2=6-
qirgoq bo‘yi suv to‘lqinlaridan himoyalangan x2=7-suvga botishdan himoya qilingan. Standartda ko‘rsatilgan vaqt
davomida (1,2 soat) suvda turishi mumkin.
x2=8-suv ostida uzoq chegaralanmagan vaqt ishlay oladi. Ma’yoriy qiymatgacha bo‘lgan bosimda suv ostida ishlaganida uning ichki qismiga suv o‘tmaydi. Qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr uskunalar himoyalanish darajasi. IP23, IP30, IP31, IP41, IP54, IP55 dan Yuqori bo‘lishi kerak (3.1-jadval).
3.3. Kuchlanish bo‘yicha elektr uskunalarni tanlash
Qishloq va suv xo‘jaligida uch fazali U 380/220V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok ishlatiladi. Demak elektr iste’molchilar kuchlanishi ham tarmoq kuchlanishiga teng bo‘ladi. Kuchlanishni moslash uchun uchburchakdan Yulduzgacha qayta ulanishi mumkin.
Quvvat va tok bo‘yicha tanlash. Bunda ish mashinasi uchun zarur quvvat aniqlaniladi va undan kam bo‘lmagan quvvatli motor olinadi. Yana ish mashinasini Yuklanish diagrammasi muhim rol o‘ynaydi. Agar quvvat kam o‘zgarib tursa R 20%, o‘rtacha quvvatga qarab tanlanishi mumkin. Doimo o‘zgarib turuvchi yuklama bo‘lsa, ta’sir etuvchi qiymati bo‘yicha ya’ni o‘rtacha kvadrat quvvat bo‘yicha tanlanadi. Demak o‘rtacha, kvadrat haqiqiy quvvat aniqlanilib, undan kam
bo‘lmagan quvvatli motor olinadi Rn Rish.m.. Bu motor moment bo‘yicha ortiqcha Yuklanishga tekshirib ko‘riladi.
n ish
Elektr apparatlar, ishga tushirish –himoya vositalari asosiy kontaktlardagi tok kattaligiga qarab, I I shartidan olinadi. Yana himoya vositalarining o‘rnatilgan toki (ishga tushish toki) hisobga olindi:
ish
I XBI KiI
bu erda: Ki-himoya vositasining ishga tushish tokini himoya tarmog‘ining ish tokiga nisbati, 3.2-jadvaldan aniqlanadi.
Qizdirish uskunalari zarur quvvat bo‘yicha tanlanadi. Hisobiy quvvat issiqlik balans tenglamasidan aniqlanadi.
№
|
Himoya apparat turlari
|
Himoya vositalarining nominal tokining tarmoq ishi tokiga nisbati
|
Cho‘g‘lanma lampa
|
DRL
tipli lampa
|
Lyuminisetli Lampa
|
Elektr motor
|
Elektr motor turlari
|
Elektr qizdirish vositalari
|
1
|
Eruvchi saqlagich
|
1,0
|
1,2
|
1,0
|
Kit
|
Kit
|
1,1…1,3
|
2
|
Issiqlik uzgichli avtomatik ajratkich
|
1,0
|
1,4
|
1,0
|
1,2
|
1,2
|
1,1…1,2
|
3
|
Kombinatsiyali uzgichli avtomatik ajratkich
|
1,4
|
1,4
|
1,0
|
1,5
|
1,5kit
|
1,2…1,4
|
4
|
Issiqlik relesi
|
–
|
–
|
–
|
1,0…1,1
|
–
|
1,1…1,2
|
3.2-jadval.Himoya vositalarining o‘rnatilgan toklari
|
| |