|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 37/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Nazorat savollari:
Elektr uskunalarini texnik qarovi va ta’miridagi tadbirlarni belgilash.
Texnik qarov va ta’mir o‘tkazish muddatlari.
Profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
Qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi elektr uskunalaring rejali texnik qarovi va ularni ta’mirlash.
mavzu: Elektr uskunalarning ekspluatatsiya sharoitlari.
Reja:
Elektr uskunalarning ekspluatatsiya sharoitlari bo‘yicha talablar.
Elektr uskunalar texnik ekspluatatsiyasi qoidalarini turkumlash.
Profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish tartiblari.
Elektr uskunalarning ekspluatatsiya sharoitlariga: foydalanish sharoitlari, atrof muhit sharoiti, elektr ta’minot sharoitlari, texnik ekspluatatsiya sharoitlari kiradi. Qishloq va suv xo‘jaligi korxonalaridagi elektr uskunalar ekspluatatsiyasida bu sharoitlarni hisobga olish va zarur texnik va tashkiliy tadbir formalarni o‘z vaqtida ko‘zda tutish zarur.
Elektr uskunalardan foydalanish sharoitlari
Foydalanish sharoitlari elektr uskunaning sutka, yil davomida bandligi, yuklanish, ishga tushirish rejimlari va elektr uskunalar ishonchligiga quyilgan talablardan kelib chiqib aniqlaniladi. Qishloq va suv xo‘jaligi keskin mavsumiy xarakterli foydalanish rejimiga ega. Masalan, 30 % elektr motorlar yiliga 500 soat, 50 % I esa 1000 soat gacha foydalaniladi yoki 10-15 % I sutkada 1,5-2 soat ishlaydi. Uzoq muddat ishlamay turgan elektr uskuna, ayniqsa tashqi muhit ta’sirida tez eskiradi. Uning foydalanish samaradorligini kamaytiradi.
Tashqi muhit sharoitlari iqlim muhiti, mexanik ta’sirlar, ◻arine◻c ta’sirlar bo‘ladi. Muhit ta’siri uning haroratiga, namligiga, gaz tarkibiga va ifloslanish darajasiga bog‘liq.
Elektr uskunalar texnik ekspluatatsiyasi qoidalari ishlab chiqarish- binolarini quyidagicha turkumlarga ajratadi:
Quruq-nisbiy namligi 60% gacha bo‘lgan binolar (dam olish xonalari, isitish sistemasi bo‘lgan binolar);
Nam-nisbiy namligi (60-70)% bo‘lgan binolar. Kam miqdorda namlik ajralib turadi (isitilmaydigan binolar, omborlar, koridorlar…);
Zah-nisbiy namligi doim 75% dan Yukori bo‘lgan binolar (sog‘ish zali, meva saqlash ombori, chorvachilik komplekslari);
O‘ta zah-nisbiy namlik 100 % ga yaqin bo‘lib turadigan binolar. Ichki devorlar suv tomchilari bilan qoplangan. Tashqi atmosfera ta’sirida bo‘lgan joylar ham shu muhitga tenglashtiriladi;
Changli-ishlab chiqarish sharoitida chang ajralib turadi, chang qurilmalarga o‘tirib, uning ichiga singib kiradi (paxta zavodi, omuxta em tayyorlash sexi, minerallar omborlari);
Kimyoviy faol moddali o‘ta zax binolar (chorva fermalari, kimyoviy moddalar omborlari);
Yong‘in xavfi bor binolar (P-I suYuq yoqilg‘I ombori, P-II quruq yonuvchi mahsulotlar saqlanish joylari (o‘tin, pichan));
Portlash xavfi bor binolar (V-I. Tez yonuvchi mahsulot bor binolar V-Ia. Avariya holatda portlashi mumkin-V-II.
50 % dan ortiq elektr uskunalar zax va nam binolarda ishlatiladi va izolyasiyasi, metall qismlari emirilib, tez ishdan chiqadi. Agar havoda kimyoviy faol moddalar bo‘lsa, muhit ta’siri kuchayib, ayniqsa izolyasiyasini tez ishdan chiqaradi.
2.1-rasm. Nam (1) va ammiakli nam (2) muhitda elektromotorning izo- lyasiyasi qarshiligining o‘zgarishi. Motor to‘xtab tursa, uning izolyasiya qarshiligi 1 sutkada 40 Mom dan 20 Momga tushadi, agar havoda ammiak bo‘lsa-2 sutkada 0,5 Momga tushadi (1 sutkada 2,5 Mom).
3-5% elektr uskunalar yuqori changli binolar va muhitlarda ishlaydi. Chang elektr uskunaning sovitish imkonini kamaytiradi, ishqalanuvchi qisim- ◻arine tez eyilishiga olib keladi, chang havodagi namlik va agressiv moddalarni shimib olib, elektr uskunaga o‘tiradi va uni emirilishiga olib keladi.
Bulardan tashqari elektr uskuna va tarmoqlar kemiruvchilar tomonidan ham zararlanishi mumkin.
|
| |