O‘zbekiston respublikasi oliy




Download 18,37 Mb.
bet40/75
Sana16.02.2024
Hajmi18,37 Mb.
#157830
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Nazorat savollari:


  1. Elektr uskunalarini texnik qarovi va ta’miridagi tadbirlarni belgilash tushintirish?

  2. Texnik qarov va ta’mir o‘tkazish muddatlari qanday?

  3. Profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish?

  4. Elektr ta’minot sharoitlariga ta’rif bering?
  1. mavzu: Elektr uskunalarni tanlash.


Reja:

    1. Elektr energiyasidan samarali foydalanish uchun elektr tarmoqning quvvati va yuklamasi.

    2. Elektr uskunalarni tanlash asoslari.

    3. Sanoat majmuasi xususiyatidan kelib chiqib himoya vositalarini tanlash tartiblari.

Elektr energiyasidan samarali foydalanish uchun elektr tarmoqning turli qismlariga turli quvvatli va yuklama harakterli iste’molchilar ulanishi mumkin. Bir fazali iste’molchilar bir fazali transformator orqali ta’minlanishi mumkin. Yirik quvatli qishloq xo‘jaligi komplekslari sanoat asosli elektr ta’minot tizimiga ega. Qishloq elektr tarmoqlari tarmoqlangan radial bo‘lib, ularning uzunligini kamaytirish, ko‘ndalang kesim yuzalarini selektiv bo‘lishi muhim o‘rin to‘tadi.
Qishloq xo‘jaligida elektr ta’minot sharoiti pastligini aytib o‘tish zarur, ya’ni elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari pastdir. Bir fazali iste’molchilarning salmog‘ining ko‘pligi fazalar nosimmetriyasiga olib keladi va elektr energiya sifatini yanada yomon bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari elektr energiya iste’molining sutka davomida notekisligi ham elektr tarmoqlarni notekis yuklanishiga olib keladi. Hozirda qishloq xo‘jaligi uskunalarini boshqarish tizimlarida turli xil yarimo‘tkazgichli avtomatik elementlardan foydalanilmokda, bu esa elektr tarmoqlarda yuqori garmonikali toklar ta’sirida kuchlanishlarning sinusoidalligini buzilishiga olib keladi, buning natijasida elektr tarmoqlarda qo‘shimcha elektr energiya isrofi bo‘ladi.
Demak, qishloq xo‘jaligidagi elektr ta’minoti strukturasi va ish rejimlaridagi o‘ziga xos tomonlari elektr energiya sifatini pasayishiga olib keladi. Qo‘shimcha energiya isrofini yuzaga keltiradi.

Download 18,37 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Download 18,37 Mb.